Globallashuv va bozor munosabatlari sharoitida mehmat munosabatlari, mehnat resurslari va tavsifi
GLOBALLASHUV VA BOZOR MUNOSABATLARI SHAROITIDA MEHMAT MUNOSABATLARI, MEHNAT RESURSLARI VA TAVSIFI
REJA:
Jahon iqtisodiyotidagi globallashuv jarayoni valyutalar va tovarlar harakati
Mehnat resurslarining shakllanishi.
Mehnat resurslaridan foydalanish.
Korxonaning mehnat resurslari bilan ta’minlanishini tahlilqilishning ahamiyati.
Globallashuv — bu butun dunyo boʻylab iqtisodiy, siyosiy, madaniy va diniy integratsiya va birlashish jarayonidir[1].
Globallashuv — bu xalqaro mehnat taqsimoti, iqtisodiy va siyosiy munosabatlar tizimi orqali bir-biri bilan bogʻlangan milliy iqtisodiyotlar majmui sifatida tushuniladigan, jahon iqtisodiyoti tarkibini oʻzgartirish jarayonlarining oʻziga xos xususiyatlaridan biridir.Transmilliylashtirish va mintaqaviylashtirish asosida iqtisodiyotning chambarchas bogʻliqligi hisoblanadi. Shu asosida yagona jahon tarmogʻi, bozor iqtisodiyoti, geoiqtisodiyot va uning infratuzilmalari shakllanmoqda, koʻp asrlar davomida xalqaro munosabatlarning asosiy xarakteri boʻlib kelgan davlat suvereniteti[2] taʼsirining pasayishi sodir boʻlmoqda. Globallashuv jarayoni bu davlat tomonidan shakllantirilgan bozor tizimlari evolyutsiyasining natijasidir[3].
Buning asosiy natijasi — global mehnat taqsimoti, kapital, mehnat, ishlab chiqarish resurslarining dunyoviy miqyosdagi migratsiyasi (shuningdek, qoida tariqasida, kontsentratsiya), qonunchilikni, iqtisodiy va texnologik jarayonlarni standartlashtirish, shuningdek, turli mamlakatlar madaniyati bir-biriga yaqinlashishi hamda birlashishidir. Globallashuv tizimli xususiyatga ega, yaʼni jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab oluvchi obyektiv jarayondir. Globallashuv natijasida dunyo oʻzining barcha subyektlari bilan bogʻlanib, tobe boʻlib bormoqda. Bir guruh davlatlar uchun umumiy boʻlgan muammolar sonining koʻpayishi va birlashtiruvchi subyektlarning soni va turlarining kengayishi mavjud[4].
Globallashuvning kelib chiqishi haqidagi qarashlar doimo munozarali boʻlib kelgan. Tarixchilar bu jarayonni kapitalizmning rivojlanish bosqichlaridan biri deb hisoblaydilar. Iqtisodchilar bu jarayonni moliya bozorlarining transmilliylashuvidan ekanligini taʼkidlab kelishmoqda. Siyosatshunoslar demokratik tashkilotlarning keng tarqalishiga urgʻu berishadi. Madaniyatshunoslar globallashuvning namoyon boʻlishini madaniyatning gʻarbiylashuvi, jumladan, Amerika iqtisodiy ekspansiyasi bilan bogʻlashadi. Globallashuv jarayonlarini tushuntirishda axborot texnologiyalari yondashuvlari mavjud. Siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy globallashuv bir-biridan farq qiladi. Mintaqaviylashtirish globallashuv subyekti boʻlib, texnologik va iqtisodiy rivojlanishning jahon qutblarini shakllantirishda kuchli kumulyativ samara beradi[5].
Shu bilan birga, „globallashuv“ soʻzining kelib chiqishining oʻzi shuni koʻrsatadiki, bu jarayonda yetakchi rolni maʼlum tarixiy bosqichlarda sodir boʻlgan xalqaro savdoning jadal oʻsishi egallaydi. Birinchi marta „globallashuv“ soʻzini („jiddiy xalqaro savdo“ degan maʼnoni anglatadi) 1850-yillarning oxiridaFridrix Engelsga yozgan maktublaridan birida Karl Marks ishlatgan. deb yozgan edi: „Endi jahon bozori haqiqatan ham mavjud. Kaliforniya va Yaponiyaning jahon bozoriga chiqishi bilan globallashuv amalga oshdi“[6]. Globallashuv jarayonlarida xalqaro savdoning xuddi shunday yetakchi roli, Marks davrida boshlangan oldingi globallashuv 1930-yillarda, barcha rivojlangan davlatlar qattiq protektsionizm siyosatiga oʻtgandan soʻng yakunlanganidan dalolat beradi. xalqaro savdoning keskin qisqarishi
Jahon iqtisodiyotida ro‘y berayotgan globallashuv va so‘nggi kuzatuvlar asosida shunday xulosaga kelish mumkinki, xalqaro savdo, moliya, kapital va kreditlar hamda axborot oqimi, shuningdek, integratsiyalashgan bozorlarning kengayishi va tobora chuqurlashi yuz bermoqda, – deydi iqtisod fanlari doktori Nodir Jumayev.
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev 2020 yil 24 yanvardagi Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida “... nima uchun bizga iqtisodiy integratsiya kerak! Bizning tashqi savdoga chiqadigan yuklarimizning 80 foizi Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiyaning tranzit yo‘laklari orqali o‘tadi. Shuningdek, tayyor mahsulotlarimiz eksportining 50 foizi, ayrim tovarlar bo‘yicha esa 80 foizi Rossiya, Qog‘og‘iston, Qirg‘iziston hissasiga to‘g‘ri keladi. Ana shu omillarni inobatga olib hamda Rossiya va Qozog‘istonga ishlash uchun borgan fuqarolarimizga qulay shart-sharoit yaratish maqsadida bugungi kunda O‘zbekistonnning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorlik qilish bilan bog‘liq masalalar o‘rganilmoqda. Biz, albatta, ushbu jiddiy masalada, eng avvalo, xalqimizning manfaatlaridan kelib chiqib, uning xohish-irodasiga tayanamiz. Shuning uchun xalq vakillari bo‘lgan deputat va senatorlarimiz parlament palatalarida mazkur masalani atroflicha muhokama qilib, o‘z zimmalariga mas’uliyatni olgan holda, asoslangan xulosalarini aytishlari kerak”, deb ta’kidlab o‘tgan edilar. Darhaqiqat, globallashuvning zarurati mamlakatimiz tashqi savdodasida hamkor davlatlarning ahamiyati va integratsiyaning zaruratini o‘zida aks ettirmoqda. Shu nuqtai nazardan, O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sish sur’atlarini mustahkamlash, savdo munosabatlarnini erkinlashtirish blan birga kapital va ishchi kuchi xarakatini soddalashtirilishida integratsion jarayonlarning roli o‘zining dolzarbligini ko‘rsatmoqda.
So‘nggi vaqtlarda Jahon Savdo Tashkiloti (JST), YevroOsiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) haqida, unga mamlakatimizni qo‘shilish qo‘shilmaslik masalalari, umuman olganda xalqaro iqtisodiy integratsiyalarning foyda va zararlari xususida turlicha qarashlar paydo bo‘ldi. Ta’kidlash lozimki, jahon iqtisodiyotida ro‘y berayotgan globallashuv va so‘nggi kuzatuvlar asosida shunday xulosaga kelish mumkinki, xalqaro savdo, moliya, kapital va kreditlar hamda axborot oqimi, shuningdek, integratsiyalashgan bozorlarning kengayishi va tobora chuqurlashi yuz bermoqda.