4-bob. Ish o‘rinlarini tashkil etishga doir davlat buyurtmasi
22-modda. Ish o‘rinlarini tashkil etishga doir davlat buyurtmasini shakllantirish
Ish o‘rinlarini tashkil etishga doir davlat buyurtmasi O‘zbekiston Respublikasining investitsiya dasturiga, hududlarni kompleks rivojlantirishga doir dasturlarga va modernizatsiya qilishga doir tarmoq dasturlariga (bundan buyon matnda rivojlantirish dasturlari deb yuritiladi) kiritilgan loyihalarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ish o‘rinlari sonining davlat boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan tayyorlangan prognozi asosida shakllantiriladi.
Kelgusi yil uchun ish o‘rinlarini tashkil etishga doir davlat buyurtmasi rivojlantirishga doir dasturlarning aniq yo‘naltirilgan qismiga kiritilgan loyihalarni amalga oshirish uchun, shuningdek ishsiz shaxslarning va band bo‘lmagan shaxslarning ishga joylashtirilishini ta’minlash uchun mehnat resurslarini jalb etish ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda shakllantiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ish o‘rinlarini tashkil etishga doir davlat buyurtmasi rivojlanish dasturlariga kiritilgan loyihalarni amalga oshirish doirasida moliyalashtirish manbalari bilan ta’minlanishi, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti, budjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘lari, jalb etilgan chet el investitsiyalari, tijorat banklarining kreditlari, tashkilotlarning o‘z mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan ta’minlanishi kerak.
(22-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Dostları ilə paylaş: |