1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Kredit liniyalari



Yüklə 128,53 Kb.
səhifə25/113
tarix22.02.2022
ölçüsü128,53 Kb.
#52960
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   113
642-qonun(1)

21-modda. Kredit liniyalari

Kredit liniyalari tijorat bankiga tadbirkorlik subyektlarini kreditlash uchun faqat maqsadli asosda, kredit summasini bankning balansida aks ettirgan holda ajratiladigan mablag‘lardir.

O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasining mablag‘lari hisobidan kredit liniyalari tijorat banklarida keyinchalik ular tomonidan yangi ish o‘rinlari tashkil etilishini nazarda tutuvchi loyihalarni amalga oshirishga mikrokreditlar ajratish uchun ochiladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi yangi ish o‘rinlari tashkil etilishini rag‘batlantirish hududiy jamg‘armalari hisobidan kredit liniyalari tijorat banklarida quyidagilar uchun:

tadbirkorlik subyektlarining barqaror ish o‘rinlari tashkil etilishini, ayniqsa qishloq joylarda tashkil etilishini nazarda tutuvchi faoliyatini kredit bilan qo‘llab-quvvatlash;

mehnat resurslari ortiq darajada bo‘lgan hududlarda davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida yangi ish o‘rinlari tashkil etilishini nazarda tutuvchi korxonalar tashkil etib, hududiy jamg‘armalarning tashkil etilgan korxonalardagi ulushini keyinchalik xususiy sheriklarga realizatsiya qilish;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarorlariga binoan yangi ish o‘rinlarini tashkil etishga hamda aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan boshqa tadbirlarni amalga oshirish uchun ochiladi.


Yüklə 128,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin