1.
Moddiy ishlab chiqarish sohasi moliyasining xususiyatlari
Ijtimoiy ish
lab chiqarishning hammasi o‘zida
sarflanayotgan mehnat
xarakteriga
asoslanib ikki yirik
sohaga
ajraladi:
- moddiy ishlab chiqarish;
- nomoddiy ishlab chiqarish.
Birinchi sohaning
xususiyati
- bu tovar
ishlab chiqarishdir, ikkinchi sohaning
o‘ziga xos
xususiyati
- bu turli xizmatlar (ijtimoiy, maishiy va boshqalar)
ko‘rsatishdir. Moddiy ishlab chiqarishni tashkiliy tuzulmasining asosi bo‘lib
korxonalar, birlashmalar, assotsiatsiyalar tashkil etadi, noishlab chiqarish sohasida
esa, muassasalar, tashkilotlar
va boshqa tuzulmalar faoliyat ko‘rsatadi.
Moddiy ishlab chiqarish sohalarida turli xarakterli
moliyaviy munosabatlar
vujudga keladi. Shu asosda, tashkil etilgan bir maqsadga yo‘naltirilgan pul fondlari
xususiyatini
inobatga olganda, moliyaviy munosabatlar
tizimida bir turdagi pul
munosabatlarga nisbatan quyidagi guruhlarni birlashtirish mumkin (9-rasm):
rasm