moliyaviy tizimini boshlang‘ich asosi bo‘lib xizmat qiladi va moddiy ishlab
chiqarish moliyasining
uchinchi xususiyatini
ifodalaydi. Turli xil ehtiyojlarni
qondirish imkoniyati, mamlakatning umumiy moliyaviy holati aynan moddiy
ishlab chiqarish moliyasining holatiga bog‘liqdir.
Moli
ya, shuningdek ayirboshlash va iste’molga o‘z ta’sirini o‘tkazishi
mumkin. Bu maqsadli pul fondlari orqali amalga oshiriladi. Ularning miqdori,
tashkil etish shartlari va tartibi, foydalanish tamoyillari ayirboshlash va iste’mol
sohalarini talablarini hiso
bga olgan holda o‘zgaradi. Moliyani hamma takror ishlab
chiqarish jarayonlari davrlari bilan uzviy bog‘liqligi moddiy ishlab chiqarish
moliyasining
to‘rtinchi spetsifik xususiyatini
ifodalaydi. Bu xususiyat, iqtisodiy
rag‘batlantirish sifatida, moliya bilan foydalanish jarayonida obyektiv asos bo‘lib,
katta ahamiyatga ega.
Moddiy ishlab chiqarish sohasi noishlab chiqarish sohasini vujudga
kelishiga imkon yaratadi. Moddiy ishlab chiqarish sohasi xalq xo‘jaligining asosiy
sohasi bo‘lib, qiymat, ijtimoiy mahs
ulot va milliy daromadni vujudga keltiradi.
Noishlab chiqarish sohasi esa, shu vujudga kelgan daromadni taqsimlanishida
ishtirok etadi.
Dostları ilə paylaş: