Jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari raxbarlarining iqtisodiy madaniyati



Yüklə 112,5 Kb.
tarix18.08.2023
ölçüsü112,5 Kb.
#139778
мавзу 8


Erkaboev J .E
Jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari raxbarlarining iqtisodiy madaniyati .
Ekonomicheskaya kultura rukovoditeley organizatsii fizicheskoy kulturы i sporta.
Annotatsiya
Jismoniy tarbiya va sport soxa yo‘nalishlarida uning tashkilot va korxonalarida mexnat xodimlari mexnatlarini tashkil etish va samarali foydalanish boor iqtisodiyoti sharoitida ularni samarali ishlashlarini tashkil etish ularni rejalashtirishga bog‘liq.
Jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarini samarali rivojlanib borishi ular tomonidan ishlab chiqarish ichki va tashqi omillaridan samarali foydalanishni tashkil etishga bog‘liq. Maqolada ana shu omillardan samarali foydalanishni oshirish iqtisodiy ko‘rsatkichlari foydalanish zarurligi asoslab berilgan.
Kalitli so‘zlar: iqtisod, barqaror, samarali, mexnat resurslari, mexnat, ishlab chiqarish, reja, omillar, iqtisodiy samara, boshqaruv, mexnat unumdorligi, xarajatlar xajmi, ish xaqi, mexnat sharoiti, mexnat bandligi, korxona boshqaruvi, korxona iste’mol fondi, ish xaqi, asosiy va qo‘shimcha ish xaqi.
V state rassmatrivaetsya v organizatsii fizicheskogo vospitaniya i sporta povыsheniya effektivnogo ispolzovanie v organizatsii i predpriyatii proizvoditelnosti truda v usloviyax rыnochnoy ekonomiki. Effektivnoe razvitie organizatsii i proizvodstva predpriyatii fizicheskogo vospitaniya i sporta zavisit ot effektivnogo ispolzovanie vnutrennыx i vneshnыx faktorov proizvodstva.
V state rassmatrivayutsya neobxodimosti effektivnogo ispolzovaniya ekonomicheskix pokazateley.
Klyuchevыe slova: ekonomika, stabilnost, effektivno, trudovыe resursы, trud, proizvodstvo, faktorы, ekonomicheskaya effektivnost, upravlenie, proizvoditelnost truda, ob’em zatratы, zarabotnaya plata, usloviya truda, zanyatost truda, upravlenie predpriyatiya, fond potrebleniya predpriyatii, pribыl, zarabotnaya plata, osnovnoy i dopolnitelnaya zarabotnaya plata.

Xar qanday milliy iqtisodiyot tarmoqlari korxona boshqaruv xodimlari shu jumladan jismoniy tarbiya va sport tashkilot boshqaruv xodimlari xam menejment madaniyatiga ega bo‘lishlari kerak.


Mexnat madaniyatiga rioya qilish mexnatni normativlari asosida tashkil etishga, bajarilgan mexnatga qarab ish xaqi to‘lash madaniyatiga xam e’tibor berish zarur.
Milliy iqtisodiyotni barqaror va samarali rivojlanib borishini ta’minlash iqtisodiy ishlab chiqarish jarayonini faqat iqtisodiy jixatdan rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlarni yaratishni tashkil etish va ishlab chiqarish jarayonini asosiy omili bo‘lgan mexnat resurslaridan samarali foydalanish darajasiga xam bog‘liq.
Mexnat resurslaridan jismoniy tarbiya va sport soxa yo‘nalishlari tashkilot va ishlab chiqarish korxonalarida ulardan samarali foydalanishni tashkil etish uni samarali foydalanishni rejalashtirishdan boshlanadi.
Ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish soxalarida band bo‘lgan mexnat xodimlari mexnatidan samarali foydalanish bu mexnatni samarali foydalanishni tashkil etilganligini ko‘rsatadi.
Jismoniy tarbiya va sport tarmoq soxalarida mexnatdan samarali foydalanishni tashkil etish uni rejalashtirishdan boshlanadi.
Rejalashtirish mexnat resurslaridan samarali foydalanish uchun zarur bo‘lgan mexnat shart-sharoitlarini yaratish va uning naitjalariga asoslangan xolda motivatsiyalashtirish xisoblanadi.
Mexnat resurslaridan tashkilot va ishlab chiqarish korxonalarida samarali iqtisodiy asosda tashkil etishni, rejalashtirishda uning iqtisodiy natijalari korxona faoliyatini samarali boshqaruvida ko‘rish mumkin. Uning iqtisodiy natijasi ishlab chiqarilayotgan maxsulotlarni sifatli bo‘lishida iste’mol bozorida bu tovarlarni talabgir bo‘lishida va korxona foydasini o‘sib borishida ko‘rish mumkin.
Demak jismoniy tarbiya va sport soxalaridagi tashkilotlar va korxonalar samaradorligi ular tomonidan ishlab chiqilgani ichki v tashqi omillarni e’tiborga olgan xolda rejalashtirishga bog‘liq. Jismoniy tarbiya va sport soxalari korxonalar darajasida iqtisodiy samarali ravishda tashkil etishda birinchi o‘rinda mexnat resurslaridan foydalanishni boshqaruvini tashkil etishga, madaniy ishlab chiqarishni tashkil etishda ulardan madaniyatli foydalanishga e’tibor berish zarur. Ishlab chiqarish kuchlariga bo‘lgan talab balansini ishlab zarur bo‘lgan ishchi kuchlari bo‘lgan talabni aniqlash asosida ularning iste’mol fondlari talablari asosida iste’mol fondini rejalashtirish zarur.
Bu talablarga asoslangan xolda korxona ishlab chiqaruv boshqaruvi uni boshqarishni tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarishni tashkil etish, ishlab chiqarish rejalashtirish marketing xizmatlar bo‘limini, kadrlarni ishga qabul qilish bo‘limi va xo‘jalik bo‘limlarini tashkil etishga kirishishi mumkin. Ishlab chiqarish jarayonida mexnat resurslaridan foydalanish madaniyati ularni ish vaqtlarini belgilash, kerakli ishlab chiqarish vositalari va jixozlari bilan, ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish, vaqti bilan ularning malakaviy darajalarini oshirib borish va mexnatlarini motivatsiya qilish uslublaridan foydalanish darajasiga bog‘liq.
Korxonalarda tashkilot raxbarlarining iqtisodiy madaniyatini tashkil etishda korxonani rejalarini ishlab chiqishni ikki qismga ichki rejalashtirishga va tashqi rejalashtirishga bo‘lib o‘rganish maqsadga to‘g‘ri bo‘ladi. Ichki ishlab chiqarish jarayonini rejalashtirish bu asosan ishalb chiqarish kuchlariga bo‘lgan korxona talablarini e’tiborga olishni ifoda etsa tashqi rejalashtirishda esa korxona ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lgan tashqi tegishli ishlab chiqarishni tashkil etish, moliyalashtirish va ishlab chiqarilgan maxsulotlarni iste’molchilarga yetkazish bilan bog‘liq bo‘lgan tashkilot va korxonalar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni ifoda etadi.
Korxona ishlab chiqarish jarayonini rejalashtirishda maqsadni maksimal darajada foyda olishni ta’minlashdan iborat.
Mexnat resurslaridan foydalanish asosiy masala bo‘lib ishlab chiqarish korxonalarida:

  • birinchidan korxona ichki kuchiga bo‘lgan talab uning sifat darajalari, ixtisoslik yo‘nalishlari asosida aniqlanadi;

  • ikkinchidan mexnat unumdorligini oshirish vazifalarini qanday qilib oshirish masalalariga e’tibor beriladi;

  • uchinchidan uni kerakli xajmda iste’mol fondi va moddiy motivatsiyalashtirish fondlari bilan xisoblanadi.

Bajariladigan mexnat turlari natijalari korxona tomonidan ishlab chiqilgan biznes rejada ko‘rsatib beriladi. Biznes rejada kelajakda qo‘shimcha ravishda ishlab chiqarishni olib borish talablariga asoslangan xolda qanday yo‘nalishda zarur bo‘lgan mutaxassislar xam rejalashtiriladi.
Mexnat resurslaridan ishlab chiqarish jarayonida uning mexnat darajalarini aniqlashda quyidagi iqtisodiy ko‘rsatkichlardan foydalaniladi:

  • mexnat unumdorligi;

  • ishchilarni ishlab chiqarishda bandligi;

  • umumiy ishlab chiqarishda band bo‘lgan sanoat ishlab chiqarish personali bandligi;

  • yuqori malakali mutaxassislarga bo‘lgan talab;

  • boshqaruv personali soni;

  • maxsulotlarni ishlab chiqarish xarajatlar xajmi;

  • ishchi kuchiga to‘lanadigan o‘rtacha ish xaqi va mexnatlarini motivatsiyalash;

Ishlab chiqarish jarayonini madaniyatli ravishda tashkil etishda ishchi kuchidan to‘liq samarali foydalanishni ta’minlash uchun zarur bo‘lgan ishlab chiqarish va ijtimoiy shart-sharoitlarni korxona tomonidan tashkil etish darajasiga bog‘liq. Bu tashkiliy jarayonlarni amalga oshirish natijasi ishlab chiqarish jarayonini foyda olish darajasini o‘sib borishida ko‘rish mumkin.
Korxona ishlab chiqarish jarayonini rejalashtirish bu jamoani iqtisodiy va tashkiliy jixatidan rivojlantirish rejalarini ishlab chiqishi jamoani iqtisodiy madaniyatini qay darajada ekanligini ko‘rsatadi.
Ya’ni korxona ishlab chiqarishida mexnat unumdorligini yuqori darajada o‘sib borishida ifodalanadi. Mexnat unumdorligi quyidagi formula asosida aniqlanadi:

Bu yerda Mu – unumdorligi, Im – ijtimoiy maxsulot, Mr – mexnat resurslari bandligi.
Mexnat unumdorligini korxona ishlab chiqarishda o‘zgarishiga ishlab chiqarish jarayonini tarkibiy tuzilishida bo‘ladigan o‘zgarishlar xal o‘z ta’sirini o‘tkazadi.
Ishlab chiqarish jarayonida mexnat resurslaridan samarali foydalanishni umumiy samaradorligini aniqlashda quyidagi formula asosida aniqlash mumkin.

Muu – mexnat unumdorligini o‘sishi;
Mur – rejalashtirilgan mexnat unumdorligi;
Amu – amaldagi mexnat unumdorligi.
Korxona mexnat resurslariga bo‘lgan talabni aniqlash bilan birga ularni mexnat qilishdan iqtisodiy manfaatdorligini ta’minlash maqsadida ularni mexnatlarini mukofotlashtirish fondini xam tashkil etadilar va ishlab chiqarish yil davomida ularning mexnatlarini moddiy rag‘batlantirish ishlarini olib boradilar.
Korxona ishlab chiqarish ishchi kuchlariga bo‘lgan talabni aniqlashda ishchi kuchiga bo‘lgan talab vaqt balansini vaqtini xisoblab chiqish kerak.
O‘rtacha korxona ishchisini ish vaqtini xisobga olishda quyidagalargae’tibor berish zarur:

  • bir ishchi kuchiga to‘g‘ri kelgan ish vaqtini xisobga olishsha;

  • ishchi oladigan mexnat, o‘quv va boshqa sabablar asosida ishlamaslik vaqtlarini xisobga olishga;

  • ishlab chiqarishda band bo‘lgan ayollarni uzoq muddatlarga tatilga chiqishlarini e’tiborga olishga;

  • mexnat faoliyatlarini yaxshilanib borishini, texnika xavfsizligini oldini olish, mexnatni ximoya qilish, ishchilarni sog‘liklarni ximoya qilishni xam e’tiborga olish zarur. Ishchi kuchiga bo‘lgan talabni xisoblashda o‘rtacha ishchi kuchi vaqtini sarflanishini e’tiborga olgan xolda ishchi kuchi balansini tashkil etishdi.

Rejalashtirilgan nominal ish vaqtini aniqlashda ish vaqtini umumiy xisoblashda xar bir ishchiga asosan quyidagi sabablarni e’tiborga olish zarur:

  • rejalashtirilgan va qo‘shimcha ta’tilni olish muddatlarini e’tiborga olish ishlarni mexnat soxalari guruxlari xisobiga mexnat ta’tili qonunlariga asosan va jamoa bilan korxona boshqaruvi o‘rtasida tuzilgan mexnat bitimiga asosan qo‘shimcha ta’til berish;

  • xomilador ishchi ayollarga ta’til berishni ikki qismga berilishi asosida qo‘shimcha ish vaqtlaridan foydalanish bo‘yicha qo‘shimchcha ishchi kuchlarini ishga qabul qilish;

  • sog‘liqlari tufayli ishga chiqmaslikni oldini olish tadbirlarini qo‘llash asosida mexnat sharoitlarini yaxshilash asosida ish vaqti balansidan samarali foydalanishni tashkil etish zarur.

Korxona ishchi mexnatidan samarali foydalanish balansini ishlab chiqarishda o‘rtacha ish vaqtidan samarali foydalanishni xam e’tiborga olish zarur.
Ishlab chiqarish vaqtida mexnat resurslarning mexnatlaridan unumli foydlanishga e’tiborni kuchaytirib mexnat qilish uchun zarur bo‘lgan sharoitlarni yaratish kerak. Ishlab chiqarish jarayonida band bo‘lgan mexnat resurslari uchun zaruriy bo‘lgan ijtimoiy sharoitlarni yaratishdan biri ishlab chiqarish jarayonida mexnat bilan bandlik soatlari uzaytirish xisobiga ish kunini 6 ish kunidan 5 ish kuniga qisqartirish mumkin.
Mexnat sharoitlarni tashkil etish ularning ishlab chiqarishda mexnat bandligini ish soatlarini uzaytirish xisobiga ish kunini qisqartirish yoki olti ish kunida ishlab chiqarishni tashkil etish asosan jismoniy tarbiya va sport tarmoq xususiyatlarini e’tiborga olgan xolda mexnat va ijtimoiy ximoyalash respublika vazirligi va kasaba uyushmasi tashkilotlari bilan kelishuv asosida amalga oshirilishi mumkin.
Ishlab chiqarishda mexnat bandligini qisqartirishning eng asosiy usuli bu ish vaqtidan to‘liq foydalanishni tashkil etish xisobiga amalga oshirish xisoblanadi.
Buning uchun mexnat qilishga zarur bo‘lgan barcha shart-sharoitlarni yaratish zarur. Demak ana shu yaratilgan shart-sharoitlarni tashkil etish xisobiga ishlab chiqarish jarayonini uchun zarur bo‘lgan samarali ishlab chiqarishga jalb qilinadigan ishchi kuchi ya’ni ishchilarni jalb etish miqdori bo‘yicha ishchi kuchlari fondini tashkil etish mumkin.
Korxona ishlab chiqarish xodimlarini tartibga solishda albatta korxona ishlab chiqarish faoliyatlarini tartibga solish xodimlarni tashkil etishga e’tibor berish va uni muqobil darajada bo‘lishini ta’minlash lozim.
Jismoniy tarbiya va sport tarmoq yo‘nalishlarida tashkilot va ishlab chiqarish korxonalarida ishlab chiqarish jarayonida sof ishlab chiqarish bilan birga xodimlar sanoat xodimlari xam qatnashishlari mumkin.
Ishlab chiqarish jarayonida bandlik ro‘yxatiga asosan ishlab chiqarish kuchlarni xisobga olgan xolda ulardan to‘liq samarali foydalanishni tashkil etish lozim. Buning uchun ishlab chiqarishdagi ishchilar bandligini mavjud ro‘yxatdagi soniga nisbatan qatnashayotgan ishlab chiqrish ishchi kuchlarini xisobga olishni quyidagi formulaga asosan aniqlash mumkin.

Ichq – ishlab chiqarish kuchlarini qatnashuv darajasi
Qich – ishlab chiqarishda qatnashayotgan ishlab chiqarish kuchlari.
Uichk – ro‘yxatdagi umumiy ishlab chiqarish kuchlari.
Korxona ishlab chiqarish kuchlariga bo‘lgan talab yil davomida foydalanilishi lozim bo‘lgan umumiy ish vaqti asosida ish/soati yoki ishchi kuni xisobida xisobga olinadi. Xozirgi bozor iqtisodiyoti sharoiti dagi ijtimoiy-iqtisodiy xolatda korxona boshqaruv raxbari mustaqil ravishda ishlab chiqarish jarayonini ta’min etish xususiyatlarini e’tiborga olgan xolda ishchi xodimlarini ishga taklif qilish maqsadida ish xaqi fondini xajmini oshirish mumkin. Albatta bu ko‘pincha direktor kengashi asosida xal etiladi.
Korxona boshqaruvi ish xaqini oshirish masalasini zarurligini e’tiborga olgan xolda quyidagi xolatlarni e’tiborga olish lozim:

  • korxona ishlab chiqqarish faoliyati asosida yalpi tushum darajasi qanday xolatda bo‘lishini bilishga;

  • ishlab chiqarish xarajatlar darajasini aniqlashga;

  • korxona yalpi foyda xajmini qanday xolatda bo‘lishiga e’tibor berish zarur.

Ishlab chiqarish jarayonini rivojlantirish qo‘shimcha moddiy xarajatlarni qanday xolatda ya’ni o‘sish yoki kamayishini uni ishlab chiqarilgan iste’mol maxsulotlarini qiymatini qanday xolatda bo‘lishi va olinishi lozim bo‘lgan foydaga ta’sirini aniqlash lozim.
Natijada olinishi lozim bo‘lgan sof maxsulot qiymatida ish xaqi qiymatini va sof foydani aniqlash ishlab chiqarish jarayonini qo‘shimcha mexnat resurslari va moddiy xarajatlar sarflash asosida ishlab chiqarish jarayonini kengaytirish yoki kamaytirish bo‘yicha korxona boshqaruvi tegishli ijtimoiy-iqtisodiy xulosani qabul qilishi mumkin.
Korxona ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish va ishlab chiqarish jarayonini boshqaruvini amalga oshirishda asosiy iqtisodiy masalalardan biri bu ish xaqi fondini tashkil etish xisoblanadi. Buning uchun quyidagilarga e’tibor berish zarur:

  • ish xaqi to‘lovlarini belgilangan ta’rif ish xaqi stavkalari asosida to‘lovni bajarilgan mexnat xajmi va sifatiga qarab to‘lashga;

  • mexnatni motivatsiya qilishga e’tibor berishga;

  • mexnatni bajarilishi darajasiga qarab ish xaqi to‘lashga;

  • bajarilmagan ishlarga ish xaqi to‘lovini oldini olishga;

  • ro‘yxatdagi ishchilardan tashqari qo‘shimcha ish kuchlarini ishlab chiqarishga jalb qilishda ish xaqi to‘lovini amalga oshirishni ta’minlash uchun qo‘shimcha ish xaqi fondi zaxiralarini tashkil etishga e’tibor berish zarur.

Korxona ishlab chiqarish iste’mol fondini tashkil etishda (1-rasmda) keltirilgan talablar asosida tashkil etish bu fonddan foydalanish samaradorligini ta’minlaydi.

Korxona iste’mol fondi



Aossiy ish xaqi fondi




Moddiy rag‘batlantirish




Olingan foydadan dividentlar to‘lash fondi





Rag‘batlantirish fondi


Zaxira fond



Mukofotli fond



D oimiy ish xaqi fondi



Moddiy rag‘batlantirish fondi



Qo‘shimcha ish xaqi to‘lash


Ish xaqi to‘lovi narxlari



Qo‘shimcha to‘lovlar o‘rindoshlik to‘lovlari ma’sul ishlarni bajarish to‘lovlari, malaka oshirishga bo‘ladigan to‘lovlar


Asosiy va qo‘shimcha dam olish to‘lovlari

1-rasm. Korxona iste’mol fondini tarkibiy tuzilishi.


Iqtisodiy ko‘rsatkichlar: If – iste’mol fondi, Ixtf – ish xaqi to‘lov fondi; Mr va Myo – moddiy rag‘batlantirish va moddiy yordam berish fondi; Dtf – dividentlar to‘lash fondi; Aif – asosiy ish xaqi fondi; Ixmr – ish xaqinit moddiy rag‘batlantirish fondi.
1-rasm. Korxona ish xaqi to‘lash fondini tarkibiy tuzilishi.
Korxona umumiy ish xaqi fondini tashkil topish tarkibiy tashkil topishini quyidagi formula asosida tashkil etish mumkin.


Bu formulada: - If - iste’mol fondi;
Ixtf – ish xaqi to‘lov fondi;
N1 , N2 , N3 – ish xaqi fondini o‘sishi normativi;
M1 , M2 , M3 – mexnatni o‘sib borishi;
Yuqorida keltirilgan formula asosida mexnatni sifat jixatidan bajarilishiga qarab ish xaqi to‘lovini korxona amalga oshirishi lozim.
Xulosa qilib aytish mumkin bozor iqtisodyoti munosabatlari asosida jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari va korxonalarida jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari va ishlab chiqarish korxonalarini iqtisodiy faoliyatlarini bozor iqtisodiyoti qonunlari talablari asosida tashkil etish zarur.
Bu jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari xamda iqtisodiy taraqqiyot tarmoqlarining bu yo‘nalishdagi korxonalar o‘zlarining iqtisodiy faoliyatlarini samarali ya’ni barcha xarajatlarni qoplash va foyda olishga asoslanishi kerak.
Bozor iqtisodiyoti qonunlari talablariga asosan mexnatga qarab ish xaqi to‘lash bilan birga mexnatni sifatiga va foyda keltirishidagi rolini e’tiborga olgan xolda motivatsiyalashtirib borish zarur deb xisoblaymiz.
Yüklə 112,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin