2. Bozor iqtisodiyoti sharoitida kreditning ahamiyati.
3. Kreditning turlari va shakillari.
1.1 Kreditning mohiyati, vazifalari va manbalari Jamiyat faoliyatining o’ta muhim jihati – bu ishlab chiqarishdir. Ishlab chiqarish jarayonida iqtisodiy resurslar ishlatiladi, mahsulotlarva xizmatlardan iborat hayotiy ne’matlar yaratiladi.
Ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini moddiy va mehnat omillari ta’minlaydi. Ishlabchiqarishning bu omillar bilan bir tekisda ta’minlanishi muammodir.
Bu muammo o’z yechiminikreditorqali topadi.
Kredit tovar-pul munosabatlari mavjud sharoitdagi takror ishlab chiqarish jarayonining ajralmas bir qismi bo’lib, tovar ishlab chiqarish kredit munosabatlari vujudga kelishining tabiiy asosi hisoblanadi. Kreditning vujudga kelishining nafaqat ichki iste’mol uchunTovar ishlab chiqarish doirasidan emas, balki asosan yuridik jihatdan mustaqil, bir-biriga mulkdor sifatida qarama-qarshi turuvchi va iqtisodiymunosabatlarga kirishishga tayyor Tovar egalari faoliyat ko’rsatayotgan muomala doirasidan qidirish kerak.
Ishlab chiqarish fondlarining doiraviy aylanishidagi va fondlarning bir marta aylanishidagi qiymatning harakati qisqa muddatli kredit munosabatlari paydo bo’lishining iqtisodiy asosidir.
Kredit orqali jamiyatimizda qo’yidagi ijobiy natijalarga erishish mumkin:
birinchidan,fondler aylanishi jarayonida chetga chiqib, bo’sh qolgan mablag’larning harakatsiz turib qolishining oldini olinadi.
Ikkinchidan, takror ishlab chiqarishni keng doirada uzluksiz davom ettirishga imkoniyat yaratiladi.
Kredit – foizda qaytarish sharti bilan vaqtincha foydalanish uchun pul yoki material mablag’lari berish jarayonida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlar tizimi.
Kreditlarni O’zbekiston Respublikasi qonunlari va normative aktivlari bilan man etilmagan maqsadlar uchun barcha egalik va xo’jalik mulki shaklidagi jismoniy va yuridik shaxslarga belgilangan tamoillar asosida qisqa va uzoq muddatga ajraladi.
KreditKredit munosabatlarining mazmun va mohiyatini tushunish uchun uning zaruriy elementlari – kreditning obyekti va subyektini tushunib olish zarur.
Kredit munosabatlarida subyektlar ikki xil bo’ladi.
1. Qarz beruvchi.
2. Qarz oluvchi.
Kredit subyektlari har xil. Bular yuridik va jismoniy shaxslar, bank, korxona, firma, davlat, turli toifa aholi bo’lishi mumkin.
Kredit iqtisodiy kategoriya sifatida qator vazifalarni bajaradi:
1. Taqsimlash.Bo’sh pul mablag’larini qaytarish sharti bilan qarzga berish orqali kapitalni turli tarmoqlar, korxonalar o’rtasida taqsimlash va qayta taqsimlashni amalga oshiradi va ishlab chiqarish resurslarining ko’chib yurishini ta’minlaydi.
2. Emissiya. Kredit asosida va unga bog’lik xolda pul belgilari, pulga tenglashtirilgan naqd pulsiz to’lov vositalari, turli qimmatbaho qog’ozlar emissiya qilinadi, xo’jalik oborotiga kiritiladi. 3. Nazorat qilish.Kredit operasiyalarini bajarish jarayonida iqtisodiy faoliyat, moliyaviy ahvol nazorat qilinadi.
4. Bo’sh pul mablag’larini harakatdagi, oborotdagi kapitalga aylantirish. 5. Rag’batlantirish. U yoki bu maqsad uchun qarz berish, qarzni undirish orqali tejamkorlik, iqtisodiy o’sish rag’batlantiriladi.
Kredit resurslaridan korxona qo’yidagi hollarda foydalanishi mumkin:
1) Korxona kreditni xarajatlarning biron turini amalga oshirish uchun, masalan, xom-ashyo, materiallar sotib olish, tugallanmagan ishlab chiqarish yoki jo’natilgan tovarlar uchun olishi mumkin.
2) Korxona aylanma fondlarning doiraviy aylanishining barcha bosqichlarida kreditni jalb qilishi mumkin.
3) Korxonani kompleks kreditlashtirish zarur bo’lganda amalga oshiriladi.
Kreditning harakat bosqichlari