10-Mavzu: KREDITNING ZARURATI, MOHIYATI, FUNKSIYALARI VA SHAKLLARI.
Reja:
10.1. Kreditning kelib chiqishi, uning mohiyati va ijtimoiy ishlab chiqarish taraqqiyotidagi o‘rni.
10.2.Kredit sub’yektlari va ob’yektlari, resurslari va manbalari.
10.3.Kreditning vazifalari.
10.4.Kreditlash tamoyillari.
Asosiy tushunchalar: sudxurlik krediti, kredit sube’ktlari, kredit ob’yektlari, kredit resurslari, kreditning tamoillari, qaytarib berishlik, muddatlilik, ta’minlanganlik, to‘lovlilik, maqsadlilik, samaradorlilik
10.1. Kreditning kelib chiqishi, uning mohiyati va ijtimoiy ishlab chiqarish taraqqiyotidagi o‘rni.
«Kredit» lotincha so‘z bo‘lib, «qarz» ma’nosini bildiradi. Kredit qadimiy tushuncha sifatida tovar, pul, bozor, baho va boshqa atamalar bilan bir davrda paydo bo‘lgan va ularning doimiy hamrohidir.
Ma’lumki, kishilik jamiyatining dastlabki bosqichi ibtidoiy jamoa tuzumi yemirilishi natijasida jamiyat a’zolari boy va kambag‘al oilalarga ajraldi. Boy oilalar qo‘lida jamiyatdagi moddiy boyliklar to‘planib qoldi, kambag‘allar esa ana shu boyliklardan mahrum bo‘ldilar. Natijada moddiy boyliklar va pul mablag‘lari zodagonlar, katta yer egalari, savdogarlar, sarroflar qo‘lida va cherkovlarda jamlana borgan. Yersiz dehqonlar, mayda hunarmandlar va boshqa quyi tabaqaga mansub kishilar esa kun kurish uchun ulardan ma’lum haq to‘lash evaziga yer va ishlab chiqarish jihozlarini ijaraga, turli mahsulotlar va pul mablag‘larini qarzga olishga majbur bo‘lganlar. Ana shunday qilib, kreditning eng qadimiy shakli sudxo‘rlik krediti paydo bo‘lgan.
Kredit kishilik jamiyatining quldorlik, feodalizm va kapitalizm davrlarida rivojlandi hamda takomillashib bordi. Uning yangidan-yangi turlari va shakllari paydo bo‘ldi. Kredit jamiyatning barcha sohalariga kirib bordi. Kredit jamiyat takror ishlab chiqarish jarayonida beqiyos o‘ringa ega bo‘lib, pul – tovar munosabatlarining ajralmas qismiga aylandi.
Ishlab chiqarish fondlarining doiraviy aylanishi kredit munosabatlarining iqtisodiy asosidir:
Ишлаб чиқариш ресурслари
... Pul Ishlab
chiqarish To Tovarlar Pul...
Fondlarni doiraviy aylanishida tovar ishlab chiqarish vaqti bilan uni sotish vaqtining o‘zaro mos kelmay qolishi natijasida qo‘shimcha mablag‘larga ehtiyoj tug‘iladi. Ayrim hollarda esa mablag‘lar bekor turib qoladi. Bir tomondan mablag‘larning yetishmasligi, boshqa tomondan esa ularning bekor turib qolishi o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga keladi. Bu ziddiyatni kredit munosabatlari bartaraf etadi.
Kredit – bu vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘lari yoki tovarlarni ma’lum muddatga, haq to‘lashlik sharti bilan, qarzga olish va qaytarib berish yuzasidan kelib chiqadigan iqtisodiy munosabatlar yig‘indisidir.
Kredit yordamida tovar-moddiy boyliklar, turli mashina va mexanizmlar sotib olinadi, iste’molchilar mablag‘lari yetarli bo‘lmagan hollarda to‘lovni kechiktirib nasiyaga tovarlar sotib olish va boshqa har xil to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Kredit vositasida jamiyatda kengaytirilgan takror ishlab chiqarish uzluksizligiga erishiladi.
2001-2009 yillar mobaynida respublikamiz tijorat banklari kredit quyilmalari mutlaq miqdorining o‘sish tendensiyasi kuzatilgan. Mazkur tendensiya respublikamiz banklarining resurs bazasi hajmining oshib borayotganligi bilan izohlanadi. Lekin tijorat banklari tomonidan berilgan kreditlarning YAIMdagi salmog‘ini ushbu davr mobaynida pasayishi kuzatilgan.
Agar 2001 yilda ushbu ko‘rsatkich 37,8 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, 2002 yilda – 35,2%, 2003 yilda – 28,2%, 2005 yilda – 24%, 2006 yilda – 19,0%, 2007 yilda – 16,9 %, 2008 yilda esa, 17,3 foizni tashkil qildi, 2009 yilda esa, ushbu ko‘rsatkich 17,8 foizni tashkil etdi.
Dostları ilə paylaş: |