Kreditning zarurati, mohiyati, funksiyalari va shakllari



Yüklə 62,91 Kb.
səhifə4/5
tarix28.11.2023
ölçüsü62,91 Kb.
#167496
1   2   3   4   5
10-mavzu

10.4.Kreditlash tamoyillari
Kredit munosabatlari quyidagi tamoyillar (prinsiplar) ga rioya etgan holda amalga oshiriladi.

Qaytarib berishlik
Muddatlilik
Kreditlash Ta’minlanganlik
tamoyillari Maqsadlilik
To‘lovlilik
Samaradorlik


  1. Kreditning qaytarib berishlik tamoyiliga asosan kreditga berilgan mablag‘lar belgilangan muddatda qaytarib berilishi lozim, ya’ni kredit «yeb ketarga» berilmaydi. Berilgan kreditni qaytarmaslik yoki undan kechib yuborish bozor iqtisodiyoti qonunlariga ziddir.



Yaxshilaringiz qarzni yaxshi ado etuvchi kishilardir
Muhammad payg‘ambar alayhis-salom qissasi.
Hadislar

2. Kreditning muddatlilik tamoyiliga ko‘ra kredit ma’lum muddatga beriladi. Bu muddat kredit shartnomasida belgilab qo‘yiladi. Agar qarz oluvchi kreditni o‘z muddatida qaytarmasa, qarz beruvchi tomonidan iqtisodiy jazo choralari ko‘rilishi, ya’ni jarimalar solinishi, kredit foizining oshirilishi, kredit muddatini qisqartirilishi mumkin. Bu choralar ham yordam bermasa qarz beruvchi kreditni xo‘jalik sudi orqali undirib olishi mumkin.




Qarzni o‘z vaqtida bermasdan cho‘zib yurish zulumdir.
Muhammad payg‘ambar alayhis-salom qissasi.
Hadislar

3. Kreditning ta’minlanganlik tamoyili olingan kredit summasini qaytarib berilishini kafolatlaydi. Hozirda kreditlarni ta’minlanishi quyidagi usullar yordamida amalga oshiradi:



  • qarz oluvchining mol mulkini garovga olish orqali;

  • kredit summasini sug‘urta kompaniyalari tomonidan sug‘urtalash yo‘li bilan;

  • uchinchi shaxslar tomonidan ishonch xatlari yoki kafolatnomalar berish orqali.

Ta’minlanmagan kredit berilishi uni qaytarilmasligi asosidir.


Kafil bo‘lguncha , kafting bilan cho‘g‘ ushla.
(O‘zbek xalq maqollari)



Yüklə 62,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin