Kreditning eng muhim vazifasi ijtimoiy ishlab chiqarish uzluksizligini ta’minlashdan iboratdir. Takror ishlab chiqarish jarayonida mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish vaqti, ana shu mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan resurslarni sotib olish va mehnatga haq to‘lash vaqti bilan o‘zaro mos kelmaydi. Ana shu sababli ishlab chiqaruvchilarda ayrim hollarda pul mablag‘lari yetishmaydi, boshqa hollarda esa pul mablag‘lari bo‘la turib, unga ehtiyoj bo‘lmaydi, ya’ni pul bo‘sh turib qoladi. Ushbu jarayonni paxta yetishtirish misolida ko‘rib chiqamiz:
Aksariyat korxonalar ishlab chiqarish resurslarini sotib olish uchun o‘z mablag‘lari yetarli bo‘lmagan hollarda zarur bo‘lgan pul mablag‘lari va tovarlarni kreditga olishlari mumkin.
2. Kredit vositasida muomalaga pulga tenglashtirilgan to‘lov vositalari bo‘lgan veksel, chek, sertifikat, kredit kartochkalari va boshqalar chiqariladi. Bu vositalar yordamida naqd pulli operasiyalarni naqd pulsiz hisob-kitoblar bilan almashtiriladi. Natijada to‘lovlar tezlashadi, muomala harajatlari tejaladi.
3. Kredit orqali pul mablag‘lari turli tarmoqlar va sohalar o‘rtasida qayta taqsimlanadi. Ma’lumki kreditdan foydalanganlik uchun haq to‘lanadi, ya’ni kredit sotib olinadi. Qaysi ishlab chiqaruvchiga pul mablag‘lari zarur bo‘lsa, uni sotib oladi va undan foydalanadi. Shunday qilib, pul mablag‘lari va ishlab chiqarish resurslarining turli tarmoqlar o‘rtasida erkin ko‘chib yurishi ta’minlanadi.
4. Kredit vositasida jamiyatdagi bo‘sh pul mablag‘lari jamg‘arib boriladi va harakatdagi kapitalga aylantiriladi ya’ni u yoki bu sohani rivojlantirishga, ishlab chiqarishni kengaytirishga sarflanadi.
5. Kredit vositasida jamiyatda iqtisodiy o‘sish va ishlab chiqarishni rag‘batlantirish imkoniyati tug‘iladi. sababi, qarz oluvchi nafaqat olgan kreditini qaytarish va kredit foizini to‘lash uchun ishlaydi, balki o‘zi ham daromad olishni ko‘zlaydi. Buning uchun esa o‘z faoliyatida yuqori samaradorlikka erishishiga harakat qiladi.