Investitsiya



Yüklə 103,24 Kb.
səhifə1/6
tarix22.04.2023
ölçüsü103,24 Kb.
#101490
  1   2   3   4   5   6
Moliya 11

Investitsiya

Bajardi:Qurolboyev Abror

Reja:

  • 1. Investitsiya tushunchasi.
  • 2. Investitsiya munosabatlarini davlat tomonidan tartibga solinishi.
  • 3. Xorijiy investitsiyalarning mohiyati va jalb qilish sabablari.
  • 4. O`zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda xorijiy investitsiyalar-ning o`rni va roli.

Investitsiya tushunchasi

  • Investitsiya» atamasi lotin tilidagi «invest» so`zidan kelib chiqqan bo`lib «qo`yish», «mablag`ni safarbar etish», «kapital qo`yilmasi» ma`nosini beradi. Keng ma`noda investitsiya mablag`ni ko`paytirib va qaytarib olish maqsadida kapitalni safarbar etishni bildiradi. Ko`pgina hollarda «investitsiya» tushunchasi iqtisodiy va boshqa faoliyat ob`ektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne`matlar hamda ularga doir huquqlar tarzida ta`riflanadi. Investitsiya deganda barcha turdagi milliy va intelektual boyliklar tushunilib, ular tadbirkorlik faoliyati ob`ektlariga yo`naltirilib daromad keltirishi yoki biror-bir ijobiy samaraga erishishi zarur. Investitsiya kiritishdan asosiy maqsad daromad olish va ijobiy ijtimoiy samaraga erishishdir.
  • Investitsiyaning o`ziga va investitsiya faoliyatining ob`ektlariga keng ta`rif berilgan; investitsiyaning bevosita iqtisodiy va ijtimoiy samara olishga muqarrar bog`liqligi ta`kidlab o`tilgan. Demak, investitsiyaga bozor munosabatlaridan kelib chiqib berilgan ta`rifning o`zidayoq investitsion jarayonning hajmi, asosiy bosqichlari, ya`ni jamg`armalar (resurslar), qo`yilma mablag`lar (sarf-xarajatlar), samara (daromad, foyda) aniq, va ravshan ko`rsatib o`tilgan. Xuddi shu kabi yondashuv investitsion faoliyatning bozor munosabatlariga o`tishi uchun zamin yaratadi, bu esa, moliyaviy moddiy va aqliy boyliklarni qayta taksimlashning vertikal va gorizontal usullaridan bir xilda foydalanishni ta`minlab beradi.

Iqtisodiy kategoriya sifatida investitsiya quyidagicha tasniflanadi
Birlamchi (avaylangan) jamg`arilgan kapitalni ko`paytirish maqsadida kapitalni tadbirkorlik ob`ektlariga joylashtirish;
Investitsion loyihalarni amalga oshirish jarayonida investitsiya faoliyati ishtirokchilari o`rtasida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlardir.
Investitsiyalar – bu hali buyumlashmagan, lekin ishlab chiqarish vositalariga qo`yilgan kapital. O`zining moliyaviy shakliga ko`ra, ular foyda olish maqsadida xo`jalik faoliyatiga qo`yilgan aktivlar hisoblansa, iqtisodiy xususiyatiga ko`ra, u yangi korxonalar qurishga, uzoq muddatli xizmat ko`rsatuvchi mashina va asbob uskunalarga hamda shu bilan bog`liq bo`lgan aylanma kapitalning o`zgarishiga ketgan harajatlardir.
Investitsiyalar xususiy sektor va davlat tomonidan mamlakat ichkarisida va uning tashqarisida turli ishlab chiqarishlarga va qimmatbaho qog`ozlarga (aktsiyalar, obligatsiyalar) qo`yilishi mumkin. Investitsiyalar yalpi va sof investitsiyalarga ajratiladi.
Inestitsiya turlari
  • Xorijiy mamlakatlarning tajribasi va investitsiya to`g`risida o`zimizda qabul qilingan qonunlarning tahlilidan kelib chiqib, investitsiyaning shartli ravishda uchta turini ajratish mumkin: moliyaviy investitsiyalar;
  • moddiy investitsiyalar;
  • aqliy (intellektual) investitsiyalar.

  • Bozor iqtisodiyoti sharoitida shar bir investitsiya turining o`ziga xos o`rni bo`ladi. Moliyaviy investitsiyalar tarkibiga mashalliy va xorijiy mamlakatlarning pul birliklari, banklardagi omonatlar, depozit sertifikatlar, aktsiyalar, obligatsiyalar, veksel’’lar va boshqa qimmatli qog`ozlar shamda tenglashtirilgan boyliklar kiradi.

Moddiy investitsiyalar tarkibiga asosiy fondlar, ya`ni binolar, asbob-uskunalar, inshootlar, kommunikatsiyalar va boshqa turdagi asosiy ishlab chiqarish fondlarining aktiv va passiv qismlari kiradi.
Aqliy (intellektual) investitsiyalar miqdori juda rang-barangdir, ya`ni ular mulkiy shuquqlar shaklidagi investitsiyalar aqliy meshnatga oid shakldagi investitsiyalar va tabiiy resurslardan foydalanish shaklidagi investitsiyalardan iborat.

Yüklə 103,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin