7-bob. Ish qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish
31-modda. Ish qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish shartlari
Mahalliy mehnat organlarida ish qidirayotgan shaxslar sifatida ro‘yxatga olingan shaxslarni ishga joylashtirish mahalliy mehnat organlari tomonidan ushbu Qonunning 32 va 34-moddalarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Alohida hollarda, ish qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish boshqa tumanlar (shaharlar) hududida joylashgan tashkilotlarda, agar ushbu tashkilotlar transport qulayligi doirasida joylashgan bo‘lsa, amalga oshirilishi mumkin.
Maqbul keladigan ishga doir taklifning soni, davriyligi va muddatlari hamda ish qidirayotgan shaxsga ishga joylashish uchun yo‘llanmalar berish cheklanmaydi.
Mahalliy mehnat organi ish qidirayotgan shaxsga bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari ko‘payishiga qarab, u ishga joylashguniga yoki hisobdan chiqarilguniga qadar maqbul keladigan ishni taklif etishi shart.
Dostları ilə paylaş: |