1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Ish qidirayotgan shaxslarga va ishsiz shaxslarga maslahat berish



Yüklə 128,53 Kb.
səhifə31/113
tarix22.02.2022
ölçüsü128,53 Kb.
#52960
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   113
642-qonun(1)

27-modda. Ish qidirayotgan shaxslarga va ishsiz shaxslarga maslahat berish

Mahalliy mehnat organlari xodimlari maslahat berish chog‘ida ish qidirayotgan shaxslarga va ishsiz shaxslarga:



Oldingi tahrirga qarang.

aholi bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik;



(27-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari mavjudligi, shu jumladan tegishli hududda joylashgan tashkilotlarda bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari mavjudligi, bo‘sh (vakant) ish o‘rinlaridagi mehnatga haq to‘lash miqdori va boshqa mehnat sharoitlari;

yangidan tashkil etiladigan ish o‘rinlari va rivojlantirish dasturlari;

kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirishdan o‘tish imkoniyatlari hamda shartlari;

haq to‘lanadigan jamoat ishlarida ishtirok etish imkoniyatlari;

Oldingi tahrirga qarang.

ish qidirayotgan shaxslarga va ishsiz shaxslarga taqdim etiladigan ijtimoiy kafolatlar va mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikning normalari;



(27-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlariga joylashtirish tartibi;

o‘zini o‘zi band qilgan shaxs maqomini olish tartibi;

subsidiyalar va grantlar;

xususiy tadbirkorlik ishini tashkil etish imkoniyatlari, startap-loyihalarini qo‘llab-quvvatlash choralari, shuningdek namunaviy biznes-rejalar;

aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan loyihalarni mikrokreditlash dasturlari;

O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida uyushgan holda ishga olish bo‘yicha vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish imkoniyatlari;

xususiy bandlik agentliklari;

ish qidirayotgan shaxslarga va ishsiz shaxslarga mahalliy mehnat organlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarning boshqa turlari to‘g‘risida axborot taqdim etadi.

Murojaat etgan shaxsga u belgilagan masala bo‘yicha to‘liq ma’lumot berish imkoni bo‘lmagan taqdirda, mahalliy mehnat organining xodimi takroran maslahat berish kuni va vaqtini belgilashi kerak.




Yüklə 128,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin