Bоshlang`ich sinflarda matеmatika ta’lim da muammoli vaziyatlarni tashkil etish imkoniyatlari (1-sinf misоlida). Reja: 1. Muammoli ta'limning vujudga kelish tarixi. Muammoli ta'lim haqida tushuncha.
2. Muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish turlari.
3. Muammoli talim darajalari.
4. Muammoli vaziyatlarni mazmuniga ko'ra guruhlash.
5. Muammoli ta'lim jarayonida o'qituvchiga qo'yiladigan talablar.
1. Muammoli ta'limning vujudga kelish tarixi. Muammoli ta'lim haqida tushuncha. Respublikamizning hozirgi davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tamoyillari jahondagi taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan munosib o'rin olish uchun ma'naviy salohiyatimizni va iqtisodiy qudratimizni yanada oshirish, ularni XXI asr ilmiy-texnika taraqqiyoti talablariga javob beradigan tarzda qayta qurishni talab qiladi. Buning uchun yoshlarimiz dunyoqarashini o'zgartirish, ularning bilim va ma'naviyatlarini jahon andozalari darajasiga ko'tarish zarur.
Bugun jamiyat maktab oldiga: maxsus qobiliyatini ularning mustaqil bilishlarini maqsadga muvofiq ravishda rivojlantirishni vazifa qilib qo'ydi.
Ana shu vazifalarni hal etishda muammoli ta'lim texnologiyasi etakchi o'rinni egallaydi.
Muammoli ta'lim – bu mantiqiy fikrlash operatsiyasi (tahlil, umumlashtirish) va talabalarning izlanishli faoliyati qonuniyatlarini (muammoli vaziyat, bilishga qiziqish, ehtiyoj) hisobga olib tuzilgan ta'lim va o’qitishning ilgari ma'lum bo'lgan usullarini qo’llashi qoidalarining yangi tizimidir. Shuning uchun ham muammoli ta'lim ko'proq talaba fikrlash qobiliyatining rivojlanishini, uning umumiy rivojlanish va e'tiqodining shakllanishini ta'minlaydi. Didaktikaning barcha yutuqlarini istisno qilmay, balki ulardan foydalangan holga muammoli ta'lim ilmiy bilim va tushunchalarni, dunyoqarashni shakllantirish, shaxs va uning intellektual faolligini har tomonlama rivojlantirish vositasi sifatida rivojlantiruvchi ta'lim bo'lib qoladi.
Muammoli o’qitish amerikalik faylasuv, psixolog va pedagog Dj.Dionning nazariy qoidalariga asoslanadi va XX asrning 20-30 yillarida tarqala boshladi.
Didaktikada muammoli o’qitish yangi yo'nalish sifatida XX asrning 70-80 yillarida yuzaga keldi.
A.M. Matoshkin, T.V. Kudryashv, M.I.Maxmutov, I.Ya. Lernerlar muammoli o’qitish qonuniyatlarini chuquro'rgandilar.