11-mavzu. Marketing tizimida axborot ta’minoti



Yüklə 53,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix25.12.2023
ölçüsü53,69 Kb.
#193775
  1   2   3   4   5
11-мавзу



11-MAVZU. MARKETING TIZIMIDA AXBOROT TA’MINOTI 
11.1. Marketingda axborotlarning ahamiyati 
11.2. Marketing axborotlari turlari 
11.3. Marketing axboroti manbalari 
 
Tayanch so‘z va iboralar:
Iste’molchilar talabi, marketing axboroti, marketing axboroti 
tizimi, ichki hisobot tizimi, tashqi joriy marketing axborotlari yig‘ish tizimi, marketing 
izlanish tizimi, marketing ma’lumotlari tahlili tizimi, axborotni to‘plash uslublari, 
imitasiya, modellar banki, axborot manbalari. 
11.1. Marketingda axborotlarning ahamiyati 
Mamlakatda 
iqtisodiyotni 
rivojlanishi, 
boshqarish 
tizimini 
mukamallashtirish 
axborotlarsiz amalga oshirib bo‘lmaydi. Axborotlar milliy iqtisodiyotning barcha 
tarmoqlari, sohalari, bo‘linmalari (ish joyidan tortib vazirliklargacha) o‘rtasida va ushbu 
korxona bilan o‘xshash korxonalar va tashkilotlar o‘rtasida uzluksiz axborot almashishdan 
iborat. Fan-texnika taraqqiyoti o‘sishi bilan birga chiqarilayotgan tovarlarning 
nomenklaturasi ham ortadi, tez yangilanadi, ishlab chiqarishning texnika bazasi zamonaviy 
va murakkab mashinalar sistemasi bilan boyiydi, texnologik jarayonlar intensivlashadi va 
murakkablashadi, ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish kengayadi va hokazo. Shuning uchun 
korxonada foydalanadigan axborotlarning miqdori keskin ortadi. Shuni aytish kifoyaki
hozirgi zamon mashinasozlik korxonasida boshqarish ehtiyoji uchun har soatda 100 
mingdan ko‘proq yoki kuniga bir milliongacha axborot belgilarini ishlab chiqarish talab 
qilinadi. 
Mashhur amerikalik marketologlardan biri shunday degan edi: "Biznesni boshqarish 
- bu uning kelajagini boshqarish, kelajagini boshqarish - axborotga egalik qilishdir". 
Haqiqatdan ham, axborot moliyaviy, xom-ashyo, asbob-uskunalar va ishchi kuchi kabi 
muhim boshqarish resursi va ob’yekti bo‘lib qolmoqda. Shu bilan bir vaqtda, xorijlik 
tadqiqotchilar ta’kidlaganidek, bozor to‘g‘risidagi axborotlardan to‘liq qoniqqan 
korxonani topish juda mushkul. 
Ularning ko‘pchiligi marketing tadqiqot bo‘limlariga ega emaslar, boshqalari o‘z 
tarkiblarida, sotishni istiqbollash va tahlil qilish bilan shug‘ullanuvchi kichik bo‘limlarga 
egadirlar. Endi bizdagi ahvolga kelsak, bozorning ahvoli haqida axborot to‘plash hali o‘z 
rivojining ilk bosqichidadir. Lekin yangidan-yangi talablarning shiddat bilan rivojlanishi, 
marketingning baynalminallashuvi, raqobatning keskinlashishi samarali axborotlarga 
egalik qilishni kun tartibiga qo‘ymoqda. Bunga yangi texnikalarning, yangi kompyuterlar, 
nusxa ko‘chiruvchi mashinalar, videomagnitofonlar va boshqalarning keng ko‘lamda 
ishlatilishi keng imkoniyatlar yaratmoqda. 

Yüklə 53,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin