Tovar bozorlarini har tomonlama tartiblashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilotlar. Ular
faoliyatining asosiy maqsadlari quyidagilar:
xalqaro savdo, shuningdek, konkret tovarning ishlab chiqarilishi va iste’moli bilan
bog‘liq muammolarning qo‘yilishi va tahlil;
mazkur tovar bozorining jahon kon’yunkturasini o‘rganish, bozordagi ahvol haqida
uning qatnashchilarini muntazam xabardor kilib turish;
statistika ma’lumotlarini to‘plash, chop etish va bozorning iqtisodiy tahlilini
tayyorlash;
mazkur tovar bilan savdo qilish muammolari bo‘yicha ko‘p tomonlama maslahatlar
berilishini tashkil qilish;
xom ashyoni ishlab chiqaruvchi mamlakatlarda ishlab chiqarishni kengaytirish va
yeksport imkoniyatlarini mustahkamlash bo‘iicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish, ularga
mos keladigan infrastrukturani rivojlantirish, xom ashyoni qayta ishlash, marketingi va
taqsimlanishida ishlab chiqaruvchi mamlakatlarning qatnashishining kengayishiga
ko‘maklashish, atrof-muhitni muhofazalashni yaxshilash, aniq xom ashyo tovarining
iqtisodiyotini rivojlantarish loyihalarining tahlili va xom ashyoni ishlab chiqaruvchi
mamlakatlar hukumati tomonidan tavsiyalarni ishlab chiqish.
Paxta bo‘yicha Xalqaro maslahat beruvchi qo‘mita (PXMQ, International Cotton Advisory
Committeye, ISAS) - bu paxtani ishlab chiqarish, xalqaro savdo va iste’mol sohasida
hamkorlikda manfaatdor bo‘lgan mamlakatlarni birlashtiruvchi hukumatlararo tashkilot.
PXMQ 1939 yilda AQSH tashabbusi bilan paxta bo‘yicha xalqaro konferensiyada tashkil
etilgan edi.
PXMQning asosiy funksiyalari quyidagilar:
jahon paxta bozori holatini nazorat qilish va uning rivojlanishiga ta’sir yetuvchi
omillarni o‘rganish;
paxtaning jahon bo‘yicha ishlab chiqarilishi, xalqaro savdosi, iste’moli, zaxiralari va
narxlari haqida statistik va boshqa axborotni to‘plash va tarqatish, shuningdek, boshqa
tekstil to‘qimalar va matolar bo‘iicha axborotlar, chunki ular paxta bozorining
rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi;
jahon paxta bozorida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan aniq
tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha PXMga a’zo bo‘lgan mamlakatlarga tavsiyalar berish;
doimiy qo‘mita va uning har yillik sessiyalarida paxtaning narxlari masalalari bo‘yicha
muhokamalarni tashkil etish va o‘tkazish.
Gʻarbiy marketing amaliyotidan ma’lumki, ba’zi hollarda firmalar "sanoat shpionaji"
usullariga murojaat qiladilar. Bunda tijorat qimmatlikka ega bo‘lgan axborotni uning
egalari - firmalar, jamoat tashkilotlari, davlat muassasalariga bildirmasdan, yashirin va ular
xohishiga zid holda oladilar. Ko‘pincha manfaatdor firmalarning diqqat-e’tibori
texnologiyalar: chizmalar, formulalar, nusxalar, dasturlar, g‘oyalarga qaratiladi; kamdan-
kam holda - moliyaviy hujjatlar: schyotlar, smeta, shartnomalar, rejalarga e’tibor beriladi.
Dostları ilə paylaş: |