11-mavzu. Marketing tizimida axborot ta’minoti



Yüklə 53,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix25.12.2023
ölçüsü53,69 Kb.
#193775
1   2   3   4   5
11-мавзу

Tijorat kanallari

ta’sischi kompaniyalarning abonent to‘lovlari asosida ishlaydigan axborot va marketing 
xizmatlaridir. Mijozlarga axborot olish (yangiliklar, kutubxonalar, ma’lumotlar va 
boshqalar), xarid qilish, hordiq chiqarish va muloqot qilish (elektron taxtalar, o‘yinlar, 
forumlar), elektron pochtadan foydalanish imkoniyatlari beriladi. 
11.3. Marketing axboroti manbalari 
Birlamchi marketing axboroti, odatda, maxsus tadqiqotlarning mahsuli hisoblanadi. 
Ikkilamchi axborotni olganda esa massivning asosiy qismini firmalar haqidagi ma’lumotlar 
tashkil qiladi. Ular birinchi navbatda quyidagi vazifalarni yechish uchun kerak: 

eng raqobatbardosh tovarni yoki xizmatni aniqlash; 

raqobatchi firmalar, ularning strategiyalarini aniqlash; 

neytral firmalarni aniqlash; 

optimal strategiyani ishlab chiqish.

Ikkilamchi axborotning doimiy manbalari quyidagilar: 

statistika idoralarining axborot materiallari

davlat boshqaruvi organlarining axborot materiallari; 

savdo palatalari, assosiasiya, birlashmalarning axborotlari; 

xalqaro tashkilotlar, banklarning nashrlari

maxsus kitob va jurnallar; 

davriy matbuot ma’lumotlari; ma’lumot beruvchi adabiyotlar; 

yirik firmalarning nashrlari; kompyuter tarmoqlarining resurslari.
Xaridor talabi va savdo kon’yunkturasining rivojlanishi haqidagi statistik 
axborotlarning eng muhim manbalaridan biri amaldagi statistika va buxgalteriya hisobi va 
hisobotlarining ma’lumotlari hisoblanadi. Talabni o‘rganadigan xizmatlarning tashkiliy 
bo‘ysunishi va faoliyati sohasiga bog‘liq holda tahlil uchun birlamchi hisob va hisobot 
ma’lumotlari yoki davlat statistika organlari va boshqa vazirliklar va muassasalar 
tomonidan ishlab chiqilgan yig‘ma statistik ko‘rsatkichlar ishlatilishi mumkin. 
Ko‘rsatkichlar tizimi ichida eng muhimi tovar aylanuvi va tovar zaxiralari haqidagi 
ma’lumotlardir. Bu ma’lumotlar tahlili talabning va savdo kon’yunkturasining 
rivojlanishidagi asosiy tendensiyalarni aniqlash imkonini beradi.Talabni o‘rganish uchun 
aholining soni va tarkibi, yosh, jins va ijtimoiy strukturasidagi o‘zgarishlarni tavsiflaydigan 
demografik statistikadan foydalanish mumkin. Talab haqidagi axborotning muhim manbai 
oilalar byudjeti statistikasi ma’lumotlari hisoblanadi.
Talabning rivojlanish istiqbollarini baholash va uning tovar taklifi bilan muvozanatini 
tahlil qilish uchun xalq iste’moli tovarlarini ishlab chiqarish materiallari va rasional 
iste’molning ilmiy asoslangan me’yorlaridan foydalanadilar. 
Buxgalteriya hisoboti talabni o‘rganishda axborot sifatida to‘laligicha ishlatilmaydi. 
Inventarizasiya materiallari realizasiya qilingan va shakllanayotgan talabni tahlil qilishda, 
tovar zaxiralari me’yorlarida, tovarlarni olib kelish bo‘yicha shartnomalarni to‘g‘rilashda 
muvaffaqiyatli qo‘llanilishi mumkin. 
Qator gazetalar iqtisodiy muammolarga bag‘ishlangan rubrikalarda firmalarning yillik 
hisobotlari bilan bir qatorda alohida mahsulotlar turlarining chiqarilishi haqida materiallar, 
yeksport bitimlari, aksiyalarni sotib olish, firmalarning qo‘shilishi va tugatilishi haqidagi 
materiallarni nashr yetadilar. Alohida nashrlar yoki iqtisodiy jurnallar va gazetalarga 
ilovalar ko‘rinishida chop yetiladigan axborotlar muhim rol o‘ynaydi. 


O‘zbekistonda chiqariladigan davriy nashrlar ichida "Pul, bozor, kredit", 
"O‘zbekiston iqtisodiy axborotnomasi" jurnallari, "Soliq va bojxona xabarlari", "Bank 
axborotnomasi" gazetalarini, shuningdek, "Prestij", "Optovik" kabi ilovalarni ajratib 
ko‘rsatishimiz mumkin. 
Telekommunikasiyaviy, shu jumladan, tarmoqli xizmatlar axborot manbalarining 
alohida guruhiga kiradi. Firmalar haqidagi axborot ixtisoslashgan ma’lumotlar banki 
ko‘rinishida taqdim yetiladi. Jahonning ko‘pgina mamlakatlarida ancha vaqtdan beri tijorat 
maqsadlarida dasturli mahsulotni ishlab chiqarish va sotishga ixtisoslashgan maslahat 
beruvchi, nashriyotchilik firmalari tomonidan yaratiladigan ma’lumotlar banklari 
(bazalari) faoliyat ko‘rsatyapti. 
Iqtisodiyot, biznes va marketing sohasida axborotlarni to‘plash, ishlov berish va 
taqdim etishga ixtisoslashgan amerikalik "Dun & Dradstreyet" korporasiyasi dunyodagi 
eng katta ma’lumotlar bazasiga ega. Ma’lumotlar bazasining asosiy mavzulari: AQSH 
kompaniyalari, ularning manzili, soha kodi, balans aktiv va passiv moddalarining talqini 
haqidagi axborot va ma’lumotlar, mazkur sohaning o‘rtachalariga nisbatan moliyaviy 
ko‘rsatkichlari, har bir sohaning yetakchi kompaniyalari bo‘yicha xalqaro elektron 
ma’lumotnoma (90 ta mamlakat bo‘yicha 200 mingdan ziyod ma’lumotlar), Amerikaning 
60% dan ko‘proq kompaniyalarining tovarlari va xizmatlari haqida 8,5 mln. dan ko‘proq 
ma’lumotlar. 
Rossiyaning axborot bazalarini ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida Ishbilarmonlik 
axboroti agentligi (IAA) ko‘zga tashlanadi. U MDH va Baltika mamlakatlari bo‘yicha 
yetakchi hisoblanadi. U har yili 10 dan ziyod geoinformasion bazalarni yangilaydi va 
aniqlaydi, to‘rt tilda 350 nomli ishbilarmonlik ma’lumotnomalarini chiqaradi, axborot 
ko‘riklar-ma’lumotnomalarini va marketing tadqiqotlarini o‘tkazadi. IAA ga tegishli 
bo‘lgan "Biznes-karta" ma’lumotlar bazasi sobiq SSSR respublikalarining 110 mingta 
korxona, tashkilot va firma bo‘yicha axborotga ega. 

Yüklə 53,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin