3-MAVZU:MARKETING FAOLIYATINIAXBOROT BILAN TA’MINLASH (Ma’ruza (nazariy material)-4 soat)
REJA: 3.1. Axborot – marketingning poydevoridir. Axborot tizimi 3.2. Axborotlar turlari va ularni turkumlash 3.3. Axborotlarni to’plash uslublari
3.4. Marketing axborotlarini asosiy elementlari. Marketing tadqiqotlari
Tayanch so’z va iboralar: Axborot, marketing axborot tizimi (MAT), birlamchi axborot,Ikkilamchi axborot, tadbirni tayyorlash, so’roq anketasini tayyorlash, savolnoma,kirish qismining asosiy vazifasi, kuzatuv, kuzatuv usuli,imitatsiya, marketing tadqiqotlari, modellar banki, benchmarking.
3.1. Axborot – marketingning poydevoridir. Axborot tizimi Bozor nima, uning turlari, bozor mexanizmi qanday amal qiladi, talab, taklif nima, bozor muvozanati qay tarzda o’rnatiladi – bu savollarga marketing nuqtai nazaridan murojaat qilamiz. Marketing bo’yicha mutaxassislar axborot bu bozorga zarurat va talablari umumiy bo’lgan, ularni qondirish maqsadida ayirboshlashga tayyor bo’lgan mavjud va bo’lajak xaridorlar to’plami, deb ta’rif berishadi. Marketing faoliyatiga xos bo’lgan barcha axborotlar, ma’lumotlar tadqiqotlar uchun muhim qurol sifatida shakllanadi. Ularnitashkil etish, muayyan tartibga solish va uzluksizligini ta’minlash zarur bo’ladi. Marketinga axboroti yaxlit tizim sifatida namoyon bo’ladi va rivojlanib boradi.
Xaridorlarga ishlab chiqarish (tarmoq) vakillari bo’lgan xaridorlarga o’z tovarlarini ko’proq foyda keltiradigan shartlarda sotishni maqsad qilib qo’ygan bir-birlari bilan raqobatlashuvchi sotuvchilar to’plami qarama-qarshi turadi. Sotuvchilar va xaridorlar o’rtasidagi munosabatlar quyidagi sxema bo’yicha amalga oshiriladi:
Marketing sotuvchilar va xaridorlar o’rtasida axborot almashinuviga, to’g’ri va teskari aloqalardan foydalanishga asoslanadi.
AXBOROT (ingl. news) — taqdim etilishi shaklidan qat’i nazar shaxs,ma’lum xos matnda aniq ma’noga ega bo’lgan tushunchalarni ichiga oluvchi, voqea, hodisa, jarayonlar,dalil, bilim,tushunchalarva taqdimot kabi obyektlar haqidagi ma’lumotlardir.Shundayekan, axborotdan foydalanish ko’lamlari jamiyat rivojlanishi darajasini belgilaydi.Marketing faoliyatiga xos bo’lgan barcha axborotlar, ma’lumotlar tadqiqotlar uchun muhim qurol sifatida shakllanadi. Ularni tashkil etish, muayyan tartibga solish va uzluksizligini ta’minlash zarur bo’ladi. Marketing axboroti yaxlit tizim sifatida namoyon bo’ladi va rivojlanib boradi.