Hozirda “iPod” dunyo bo’yicha mp3 pleyerlar bozorida 78% ulushni qo’lga kiritgan. O’tganyilningo’zida “Apple” 45 million “iPod”larinisotdi, ularningyarmiilkmarotabafoydalanuvchilartomnidansotibolindi. Vaholanki, ““Sony” kompaniyasi uchun 230 ming dona “Walkman” kaseta pleyerlarini sotishga 30 yil vaqt ketgan” deydi “Apple” kompaniyasi rahbari Tim Kuk. Bozorni va mijozlarni tushunish iste`mol qiymati va munosabatlarini qurish uchun juda muhim bo’lsa‑da, lekin uni qo’lga kiritish qiyin jarayon hisoblanadi. Mijozlar ehtiyoji va xarid motivlari aniq bo’lsa ham, aslida iste’molchilarning o’zlari nimaga ehtiyojlari borligini hamda nimani sotib olmoqchi bo’lganliklarini aniq aytib berolmaydilar. Iste’molchilarni chuqurroq tushunish uchun marketologlar turli manbaalardan olinadigan axborotni samarali boshqarishlari kerak.
Mijozlarni tushunish (Customer insights) - mijozlar qiymati va munosabatlariga asos bo’luvchi marketing axborotidan kelib chiqib, bozor va mijozlarni to’la tushunishdir.