So’nggipaytlardagiaxborottexnologiyalarisohasidagiinqilob,kompaniyalaruchunulkanmiqdordagiaxborotnito’plashlarigaimkonbermoqda. Bundantashqariiste’molchilarningo’zlarihamcheksizmarketingaxborotinihosilqilishmoqda. Elektron pochta, “SMS”, “Facebook”, “Twitter” va boshqa raqamli kanallar orqali iste’molchilar bir‑birlari va kompaniyalar uchun pastdan yuqoriga xarakatlanuvchi axborot oqimini o’zlari bilmagan holda yuzaga keltirmoqdalar. Bunday axborot oqimiga kira olgan kompaniyalar mijozlarni tez va kam xarajat bilan yanada yaxshi tushunadilar.1 Marketingni boshqarish bozorni barcha tashkil etuvchilarni (qismlarini) (xaridorlar, ularning talabi, tovarlar, narxlar, raqobatchilar) tahlil qilishdan va baholashdan boshlanadi. Maqsad – olingan axborot asosida firmaning bozorda o’zini qanday tutishi kerakligini ishlab chiqish. Axborotning bozordan ishlab chiqaruvchilar tomon xarakatlanishi marketing tadqiqotlari jarayonining mazmunini tashkil qiladi. Keyinchalik ishlab chiqariuvchilar va bozorlar o’rtasidagi axborot almashinuvi marketing kommunikatsiyalarining turlicha – reklama, shaxsiy sotuv, public relations kabi shakllarida davom etadi.
Tijorat dunyosi – murakkab hodisa. Tadbirkor qanchalik boy tajribaga ega bo’lmasin, qanchalik beqiyos intuitsiyaga ega bo’lmasin har qanday holatda ham unga dinamik tarzda rivojlanib borayotgan tovar va xizmatlar bozori to’g’risida to’liq va obyektiv axborot zarur bo’ladi. Kim marketing axborotiga egalik qilsa o’sha bozorda muvaffaqiyatga erishadi.
Uzoq vaqt va katta mablag’ talab qiladigan menejerlar tomonidan yangi tovar ishlab chiqarish, uni bozorga olib chiqish, raqobatbardoshligini kuzatish va nihoyat, ishlab chiqarishni to’xtatish to’g’risida qaror qabul qilish jarayoni, odatda, ishonchli va o’z vaqtida taqdim etilgan marketing axborotiga asoslanadi. Zamonaviy marketing axborotga tayanadi.
Marketing faoliyati ikki oqim bilan bevosita bog’liq bo’lib, birinchi oqim -firma faoliyati natijalari to’g’risida axborot, ikkinchisi bozor va atrof-muhit to’g’risidagi axborot oqimidir. Marketing faoliyati ana shu ikki oqimga ta’sir ko’rsatib, iste’molchilar talabini maksimal darajada qondirish va firmalar foydasini ta’minlashga qaratilgan.
Bozor holati va dinamikasi to’g’risidagi tezkor axborotga bozor subyektlarining 85 foizi, bozorda yuzaga kelayotgan holatlar (raqobatchi kompaniyalar xatti-harakati, istemolchilar talablarining o’zgarishi, bo’lajak xaridorlarning yangi tovarlarga bo’lgan munosabati) to’g’risida esa 70 foizi ehtiyoj sezadilar. Tijoratchilarning 85 foizi fikriga ko’ra marketing axborotlarini har hafta va o’n kunda olish davriyligi eng maqbul hisoblanadi.
Rivojlangan bozor iqtisodiyoti mamlakatalarida marketing axboroti faoliyati bilan xududiy axborot-marketing markazlari, ekspertlar guruhlari, marketing bo’limlari mutaxassislari shug’ullanadilar.