67-modda. Kasbga o‘qitishga doir davlat buyurtmasi turlari
Kasbga o‘qitishga doir davlat buyurtmasi quyidagi turlar bo‘yicha shakllantiriladi:
uzoq muddatli o‘qitish — o‘quv jarayoni o‘ttiz haftadan qirq haftagacha davom etadi;
o‘rta muddatli o‘qitish — o‘quv jarayoni besh haftadan yigirma besh haftagacha davom etadi;
qisqa muddatli o‘qitish — o‘quv jarayoni to‘rt haftagacha davom etadi;
ishlab chiqarishda kasbga o‘qitish — o‘quv jarayoni ish beruvchida bir vaqtning o‘zida olib boriladigan mehnat faoliyati bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, bir nafar o‘quvchi uchun kelgusida ish beruvchida ishga joylashtirilgan holda kasbga tayyorlashdan (stajirovkadan) o‘tishi yigirma besh haftagacha davom etadi;
maqsadli o‘qitish — o‘quv jarayoni to‘rt haftagacha davom etadi.
Kasbga o‘qitishga doir davlat buyurtmasini shakllantirish uchun to‘lov qiymatini va moliyalashtirish hajmlarini belgilashda bir nafar o‘quvchiga sarflanadigan xarajatlar mezon bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |