68-modda. Uzoq muddatli o‘qitish
Ishsiz shaxslarni uzoq muddatli o‘qitish tarzidagi kasbga o‘qitishga doir davlat buyurtmasi mehnat organlari tomonidan shakllantiriladi hamda kasbga o‘qitish markazlari (kasb-hunar ta’limi muassasalari) tomonidan amalga oshiriladi.
Uzoq muddatli o‘qitish o‘quv muassasasining quvvatidan va ixtisoslashuvidan, qabul qilish parametrlaridan hamda o‘qitishning davomiyligidan kelib chiqqan holda, kasbga o‘qitish markazi (kasb-hunar ta’limi muassasasi), ish beruvchi, mahalliy mehnat organi va ishsiz shaxs o‘rtasida tuziladigan to‘rt tomonlama shartnoma asosida kasbga o‘qitish markazlari (kasb-hunar ta’limi muassasalari) tomonidan mustaqil ravishda tashkil etiladi.
Dostları ilə paylaş: |