80-modda. Yakuniy malaka imtihonlari va malakalarni berish tartibi
Kasbga o‘qitish markazlarida o‘qitish yakunlari bo‘yicha yakuniy malaka imtihonlari o‘tkaziladi.
Yakuniy malaka imtihonlarini o‘tkazish uchun ish beruvchilar orasidan tashkilotlarning rahbarlari va mutaxassislari, shuningdek kasbga o‘qitish markazlarining rahbarlari, o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalari orasidan malaka komissiyalari tuziladi.
Yakuniy malaka imtihonlarini o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan belgilanadi.
Yakuniy malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan o‘quvchilarga:
uzoq muddatli o‘qishni o‘taganda — diplomlar;
o‘rta muddatli va qisqa muddatli o‘qishni o‘taganda — sertifikatlar beriladi.
Kasbga o‘qitish markazlarida o‘qitish yakunlari bo‘yicha yakuniy malaka imtihoni bilan birga malakani baholash markazini shartnoma asosida jalb etgan holda ishchilarga malaka razryadini va mutaxassislarga malaka toifasini berish bo‘yicha imtihon o‘tkazishga yo‘l qo‘yiladi. Bunda malakani baholash markazi tomonidan o‘tkazilgan imtihon muvaffaqiyatli topshirilgan taqdirda diplom yoki sertifikat bilan birga malaka pasporti beriladi.
Kasbga o‘qitish markazi tomonidan berilgan diplom tegishli mutaxassislik va malaka bo‘yicha ishlash huquqini beradi.
Dostları ilə paylaş: |