1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Kasbga o‘qitish markazlari



Yüklə 128,53 Kb.
səhifə76/113
tarix22.02.2022
ölçüsü128,53 Kb.
#52960
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   113
642-qonun(1)

78-modda. Kasbga o‘qitish markazlari

Ish qidirayotgan shaxslarni va ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga doir faoliyatni amalga oshirish uchun mustaqil yuridik shaxs yoki yuridik shaxsning tarkibiy bo‘linmasi sifatida tashkil etilgan, belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan ta’lim muassasalari kasbga o‘qitish markazlaridir.

Kasbga o‘qitish markazlari o‘z faoliyatini ish qidirayotgan shaxslarni va ishsiz shaxslarni o‘qitish uchun kasbga o‘qitishga doir davlat buyurtmasi doirasida ajratiladigan mablag‘lar hisobidan, shuningdek o‘zini o‘zi moliyalashtirish asosida amalga oshiradi.

O‘qitish uchun amalga oshiriladigan to‘lov miqdori kasbga o‘qitish markazlari tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.



79-modda. Ish qidirayotgan shaxslarni va ishsiz shaxslarni kasbga o‘qitish markazlarida o‘qitish jarayonini tashkil etish

Ish qidirayotgan shaxslarni va ishsiz shaxslarni kasbga o‘qitish markazlarida o‘qitish shartnoma asosida amalga oshiriladi.

Shaxslarni kasbga o‘qitish markaziga qabul qilish buyruq bilan rasmiylashtiriladi.

Kasbga o‘qitish markazlaridagi o‘quv dasturlari kasb-hunar ta’limi va ishlab chiqarishning o‘zaro aloqasini ta’minlash asosida amalga oshiriladi.

Kasbga o‘qitish markazlarida o‘quvchilar, qoida tariqasida, o‘quv kurslari bo‘yicha guruhlarga, o‘qish yo‘nalishi bo‘yicha esa bo‘limlarga birlashadi.

O‘quv dasturlarining aniq mazmuni, o‘qish muddatlari, o‘quv jarayonining hamda ishlab chiqarish amaliyotining sifati ustidan nazorat qilish usullari va muddatlari kasbga o‘qitish markazi tomonidan mustaqil ravishda tasdiqlanadi.

Mehnat organlari kasbga o‘qitish markazlaridan ular foydalanadigan o‘quv dasturlarini monitoring qilish maqsadida so‘rab olishga haqli.


Yüklə 128,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin