14-bob. Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish milliy tizimi
74-modda. Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish milliy tizimining asosiy vazifalari
Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish milliy tizimining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
band bo‘lmagan aholini kasbga tayyorlashni, qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;
kasbga o‘qitishga doir davlat buyurtmasini shakllantirish va joylashtirish;
malakani baholash markazlari faoliyatini tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasining mablag‘lari hisobidan ish qidirayotgan shaxslarning va ishsiz shaxslarning kasbiy malakasini baholash hamda tasdiqlash;
malakani baholash markazlari tomonidan malaka pasporti berilishini ta’minlash;
Tasdiqlangan malakaga ega bo‘lgan shaxslarning milliy reyestrini yaratish va uning amal qilishini ta’minlash;
band bo‘lmagan aholi o‘rtasida malakani tasdiqlashning foydasi va afzalliklarini tushuntirish.
Dostları ilə paylaş: |