O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy metodik markazi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
OLIY TA’LIM TIZIMI PEDAGOG VA RAHBAR KADRLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISHNI TASHKIL ETISH BOSH ILMIY - METODIK MARKAZI
“TA’LIM TIZIMIDA KIBERXAVFSIZLIKNING MUAMMOLARI VA STRATEGIYASI” MODULINING
ISHCHI O‘QUV DASTURI Qayta tayyorlash va malaka oshirish kursi yо‘nalishlari: Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malaka oshirishning “Ta’limda raqamli texnologiyalar” yо‘nalishi uchun
Tinglovchilar kontingenti: Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlari
Toshkent – 2023
F.M.Zokirova - pedagogika fanlari doktori, professor.
B.Sh.Usmonov - texnika fanlari doktori, dotsent.
Kirish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7 fevraldagi
PF-4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar Strategiyasi”da milliy kadrlarning raqobatbardoshligi va umumjahon amaliyotiga asoslangan oliy ta’lim milliy tizimining sifati oshishiga, Bolonya jarayoni ishtirokchi mamlakatlari diplomlarini o‘zaro tan olishga, o‘qituvchi va talabalar bilan almashuv dasturlarini amalga oshirishga ko‘maklashuvchi 1999 yil 19-iyundagi Bolonya deklaratsiyasiga qo‘shilish masalasini ko‘rib chiqish belgilab qo‘yilgan.
Maʼlumki davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2020 yilni “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb eʼlon qildi. 2020 yil 2 martda esa Prezidentimizning “2017–2021 yillarda Oʼzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʼnalishi boʼyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʼgʼrisida”gi Farmoni bilan “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” Davlat dasturi qabul qilindi. Davlat dasturi beshta asosiy yoʼnalishlardan iborat boʼlib, dasturning beshinchi yoʼnalishida 2020-2023 yillarga moʼljallangan Kiberxavfsizlikka doir milliy strategiya hamda “Kiberxavfsizlik toʼgʼrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish belgilanib qoʼyilgan.
Prezidentimizning 2018 yil 19 fevraldagi “Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Farmoni Hukumatimiz tomonidan raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish boʼyicha muhim chora-tadbirlar ishlab chiqilishiga va hayotga tatbiq etilishiga asos boʼldi. Raqamli maʼlumotlarni boshqarishda axborot xavfsizligini taʼminlash muhim omil sanaladi. Bunda asosiy eʼtibor raqamli maʼlumotlarga ruxsatsiz kirish, ularni axborot vositachilaridan himoya qilgan holda xavfsizligini taʼminlash va axborotlar uzatishning soddaligini taʼminlashga qaratilishi lozim.
Respublikamizda xam axborot texnologiyalarining rivojlanishi bilan bir qatorda xо‘jalik va davlat boshqaruvi organlarida axboorot xavfsizligini, xususan, kompyuter bilan bog‘liq bo‘lgan xavfsizlik muammolarini bartaraf etish yo‘nalishiga alohida e‘tibor qaratilmoqda. 2017-2021 yillarda О‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bо‘yicha Harakatlar strategiyasida vazifalar belgilab olindi, shular qatorida «...axborot xavfsizligini ta‘minlash va axborotni himoya qilish tizimini takomillashtirish, axborot sohasidagi tahdidlarga о‘z vaqtida va munosib qarshilik kо‘rsatish» va kiber jinoyatchilikni fosh etish masalalariga alohida e‘tibor qaratilgan. Bundan tashqari, “Ilm, ma‘rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risidagi O‘zbekiston Prezidenti Farmonida “2020 yil 1 sentyabrga qadar kiberxavfsizlikka doir milliy strategiya va qonun loyihasi ishlab chiqish” vazifalari belgilangan.
Ushbu dasturda kiberxavfsizlikni ta’minlash aspektlarini huquqiy, tashkiliy va texnik sathlari, kiberxavfsizlik sohasida xalqaro, milliy va idoraviy me’yoriy-huquqiy baza, kiberxavfsizlik arxitekturasi, strategiya, kiberxavfsizlik siyosati va uni amalga oshirish, axborotni himoyalashda zarur bo’ladigan axborot xavfsizligini baholash mezonlari, axborot xavfsizligiga bo’ladigan tahdidlar, hujumlar darajasini aniqlash, axborot xavfsizligini tashkil etuvchilari va ularning ahamiyati bayon etilgan.