Modulning maqsadi: qayta tayyorlash va malaka oshirish kursi tinglovchilarini ta’lim tizimida kiberxavfsizlikning muammolari va strategiyasi haqidagi bilimlarini takomillashtirish, oliy ta’lim muassasalarida kiberxavfsizlikni ta’minlash aspektlarini huquqiy, tashkiliy va texnik sathlarini tashkil etish, normativ hujjatlarni qo‘llashda kiberxavfsizlik muammolarni aniqlash, tahlil etish, shuningdek, ularda oliy ta’limning normativ-huquqiy asoslari to‘g‘risida ko‘nikma va malakalarini tarkib toptirish.
Modulning vazifalari:
kiberxavfsizlikni ta’minlash sohasida ta’lim tizimidagi muammolarni o’rganish bo’yicha bilimlarni shakllantirish;
ta’lim tizimida kiberxavfsizlik sohasi bilimlar bo’yicha ko’nikmani shakllantirish;
axborot xavfsizligini o’zlashtirishda ta’lim strategiyalari to’g’risida bilimlarni shakllantirish.
Modul bo‘yicha tinglovchilarning bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalariga qo‘yiladigan talablar
“Ta’lim tizimida kiberxavfsizlikning muammolari va strategiyasi” modulini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida:
Tinglovchi:
kiberxavfsizlikni ta’minlash sohasida foydalaniladigan kompyuter texnologiyalarini obyektlari;
axborot texnologiyalari apparat-dasturiy va ayniqsa kiberxavfsizlik sohasi terminologiyalari xususiyatlari to’girisida nazariy ma’lumotlar;
axborot xavfsizligi tizimlari rivojlanishi sohasida bazaviy tashkil etuvchilar;
kompyuter-texnik ekspertiza obyektlari;
Davlat ta’lim standartlari, tegishli ta’lim (mutaxassislik) yo‘nalishlari bo‘yicha davlat ta’lim standarti, o‘quv rejalar va fan dasturlari va ularga qo‘yiladigan talablarni, o‘quv rejalari va o‘quv fanlari dasturlarini takomillashtirish tamoyillarini, o‘quv yuklamalarini rejalashtirish va ularning bajarilishini nazorat qilish metodlari haqidagi bilimlarga ega bo‘lishi;
kiberxavfsizlikni ta’minlash bilan bog’liq vazifalarni shakllantirish, maqsadlarni qo‘yish;
kiberxavfsizlikni ta’minlash tizimlarini rivojlanish tendensiyalarini tahlillash;
qo‘yilgan vazifalar yechish bo’yicha kiberxavfsizlik to‘g‘risida bilimlarni qo‘llash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy ta’lim tizimiga oid qabul qilgan farmonlari, qarorlari va farmoyishlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oliy ta’lim tizimiga tegishli normativ-huquqiy hujjatlari asosida ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkillashtirish;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishga oid normativ-huquqiy hujjatlari asosida Davlat ta’lim standartlari, tegishli ta’lim (mutaxassislik) yo‘nalishlari bo‘yicha davlat ta’lim standarti, o‘quv rejalar va fan dasturlarini takomillashtirish;
o‘quv yuklamalarni rejalashtirish va ularning bajarilishini nazorat qilish ko‘nikma va malakalarini egallashi;
kiberxavfsizlikni ta’minlash sohasida tahlil o’tkazish usullari;
kiberxavfsizlik sohasida qo‘llaniladigan zamonaviy texnologiyalar to‘g‘risida bilimlar;
Davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalar va fan dasturlar asosida fanning ishchi dasturini ishlab chiqish kompetensiyalarni egallashi lozim.