3-MAVZU: KIBERXAVFSIZLIK SOHASIDAGI XALQARO VA MILLIY NORMATIV HUJJATLAR. (2 soat)
Kiberxavfsizlik bo‘yicha xalqaro va milliy standartlar. Kiberxavfsizlik bo‘yicha xalqaro va milliy tashkilotlar. Milliy va xalqaro qonunchilikda kiberxavfsizlik. Kiberkriminalistika va uning vazifasi. Milliy darajada xavfsizlikni baholash va auditlash.
4-MAVZU: KOMPYUTER VA TARMOQ ARXITEKTURASI. (2 soat)
Tarmoqqa oid asosiy tushunchalar, tarmoq turlari va tarmoq topologiyalari. Simsiz va simli tarmoq turlari.Tarmoq xavfsizligiga oid tushunchalar: IDS, IPS, Router, Firewall, antivirus dasturiy vositalari. Tarmoqlararo ekran va uning turlari, ularni sozlash. VPN, uning vazifasi va uni amalga oshirish tartibi. Hujumlarni aniqlash va bartaraf etish vositalari.
5-MAVZU: OPERATSION TIZIMLAR. (2 soat)
Operatsion tizim va uning xavfsizlik vazifasi. Turli operatsion tizimlarni taqqoslash. Turli operatsion tizim fayl tizimlari va ularni taqqoslash. Faylga ruxsat berish usullari: registr, Active directory. Xavfsizlik auditi va uni amalga oshirish, hodisalarni qaydlash tartibi va shakli. Operatsion tizim sahidagi hujumlarga qarshi himoya usullari.
6-MAVZU: OPERATSION TIZIMLAR. (2 soat)
Ijtimoiy injineriya va uni hozirgi kiberjinoyatchilikdagi ahamiyati. Soxta veb saytlar, fishing elektron xabarlar. Fishing va uning ko‘rinishlari. Ijtimoiy injineriyaga real misollar. Ijtimoiy injineriyadan himoyalanish usullari.
AMALIY MASHG‘ULOTLAR MAZMUNI
1-MAVZU: SIMSIZ TARMOQ VOSITALARINI SOZLASH.
(2 soat)
Turli simsiz tarmoq vositalari va ularning vazifasi. Tarmoq vositalarini (WI-FI router) xavfsizlik sozlanmalarini sozlash.
2-AMALIY MASHG‘ULOT
MAVZU: AXBOROT XAVFSIZLIGIDA RISK MODELLARI. (4 soat)
Axborot xavfsizligida risk tushunchasini aniqlash va risk modellari O‘QITISH SHAKLLARI
Mazkur modul bo‘yicha quyidagi o‘qitish shakllaridan foydalaniladi:
ma’ruzalar, amaliy mashg‘ulotlar (ma’lumotlar va texnologiyalarni anglab olish, motivatsiyani rivojlantirish, nazariy bilimlarni mustahkamlash);
davra suhbatlari (ko‘rilayotgan loyiha yechimlari bo‘yicha taklif berish qobiliyatini rivojlantirish, eshitish, idrok qilish va mantiqiy xulosalar chiqarish);
bahs va munozaralar (loyihalar yechimi bo‘yicha dalillar va asosli argumentlarni taqdim qilish, eshitish va muammolar yechimini topish qobiliyatini rivojlantirish).
Dostları ilə paylaş: |