Modulni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar
“Ta’lim tizimida kiberxavfsizlikning muammolari va strategiyasi” moduli ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar shaklida olib boriladi.
Kursni o‘qitish jarayonida ta’limning zamonaviy metodlari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qo‘llanilishi, shuningdek, ma’ruza darslarida zamonaviy kompyuter texnologiyalari yordamida taqdimot va elektron-didaktik texnologiyalarni;
o‘tkaziladigan amaliy mashg‘ulotlarda texnik vositalardan, blis-so‘rovlar, aqliy hujum, guruhli fikrlash, kichik guruhlar bilan ishlash, va boshqa interfaol ta’lim metodlarini qo‘llash nazarda tutiladi.
Modulning o‘quv rejadagi boshqa modullar bilan bog‘liqligi va uzviyligi
“Ta’lim tizimida kiberxavfsizlikning muammolari va strategiyasi” moduli bo‘yicha mashg‘ulotlar “Kiberxavfsizlik asoslari”, “Axborotni xavf-xatarlarini boshqarishga kirish” kabi modullar bilan uzviy aloqadorlikda olib boriladi.
Modulning oliy ta’limdagi o‘rni
Modulni o‘zlashtirish orqali tinglovchilar ta’lim tizimida mavjud kiberxavfsizlik bilan bog’liq muammolari va tizimlarni qo‘llash bilan doir kasbiy kompetentlikka ega bo‘ladilar.
MODUL BO‘YICHA SOATLAR TAQSIMOTI
№
|
Modul mavzulari
|
Auditoriya o‘quv yuklamasi
|
Jami
|
Nazariy
|
Amaliy mashg‘ulot
|
|
Kiberxavfsizlikka kirish
Kiberxavfsizlikning tarixi va uning jamiyatga ta’siri. Kiberxavfsizlikning asosiy tushunchalari: kiberxavfsizlik, risk, risklarni boshqarish, kiberqonun, kiberetika, kiberjinoyat. Konfidensiallik, yaxlitlik va foydalanuvchanlik tushunchalari. Kiberxavfsizlikda risklarni boshqarish konsepsiyasi. Tashkilotga nisbatan kiberxavfsizlik tahdidlari. Xavfsizlikni ta’minlashning turli usullari: fizik, texnologik va tashkiliy.
|
2
|
2
|
|
|
|
Dostları ilə paylaş: |