Mavzu: Kiberjinoyatchilik, kiberqonunlar va kiberetika Reja



Yüklə 168,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/8
tarix22.09.2023
ölçüsü168,83 Kb.
#146483
  1   2   3   4   5   6   7   8
2-Ma\'ruza.KIberetika (2)



Mavzu:
Kiberjinoyatchilik, kiberqonunlar va kiberetika
Reja: 
1.
Ichki kiberjinoyatlar
2.
Tashqi kiberjinoyatlar
3.
Kiberqonunlar 
4.
Milliy qonunlar 
5.
Xalqaro kiberqonunlar 
6.
Kiberetika. 
Tayanch iboralar: 
kiberjinoyatchilik, ichki va tashqi kiberjinoyatlar, kiberqonunlar, 
kiberetika, yaxlitlik, maxfiylik, konfidentsiallik.
 
 
Kiberjinoyatchilik
- g‘arazli yoki buzg’unchilik maqsadlarida himoyalangan 
kompyuter tizimlarini buzib ochishga, axborotni o‘g‘irlashga yoki buzishga 
yo‘naltirilgan alohida shaxslarning yoki guruhlarning harakatlari. 
Kiberhujumga duch kelgan tashkilot uchun kiberjinoyatlar ichki yoki tashqi 
bo‘lishi mumkin: 
Ichki kiberjinoyatlar:
tarmoqqa yoki kompyuter tizimiga, ular bilan tanish va 
ulardan qonuniy foydalanish huquqiga ega bo‘lgan shaxs tomonidan, amalga 
oshiriladi. Mazkur turdagi kiberjinoyatlar odatda tashkilotning xafa bo‘lgan va 
norozi xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu xodimlarning maqsadi esa 
tashkilot yoki uning rahbaridan o‘ch olish yoki manfat olish niyati bo‘lishi mumkin. 
Xafa bo‘lgan xodim, AT infrastrukturasi, xavfsizlik arxitekturasi va tizimi bilan 
yaqindan tanish bo‘lgani bois, mazkur turdagi jinoyatchilik tashkilotga jiddiy ziyon 
yetkazishi mumkin. Bundan tashqari, kiberjinoyatchi tashkilot tarmog‘idan 
foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shuning uchun, ichki kiberjinoyatchilik 
natijasida maxfíy axborotning sirqib chiqish imkoniyati yuqori bo‘ladi. 
Tashqi kiberjinoyatlar:
odatda tashqaridan yoki tashkilot ichkarisidan 
yollangan g‘araz niyatli shaxs tomonidan amalga oshiriladi. Mazkur 
kiberjinoyatchilik tashkilotning nafaqat moliyaviy yo‘qotishlariga, balki obro‘sining 
yo‘qolishiga ham sababchi bo‘ladi. Hujum tashqaridan amalga oshirilgani bois
g‘araz niyatli shaxs harakatni tashkilot AT infrastrukturasini skaner qilish va unga 
aloqador ma’lumotlarni to‘plashdan boshlaydi. Xususan, malakali buzg‘unchi 
dastlab tashkilotda foydalanilgan tarmoqlararo ekran vositasining log faylini tahlil 
qilishdan boshlaydi. Shu bois, tarmoq ma’muri mazkur imkoniyatni buzg‘unchiga 
taqdim etmasligi shart. 
Kiberjinoyat amalga oshirilganida quyidagilar asosiy maqsad sifatida qaraladi: 



Mablag‘, qimmatli qog‘ozlar, kredit, moddiy boyliklar, tovarlar, 
xizmatlar, imtiyozlar, ko‘chmas mulk, yoqilg‘i xom ashyosi, energiya 
manbalari va strategik xom ashyolarni noqonuniy o‘zlashtirish;

soliq va boshqa yig‘imlarni to‘lashdan bosh tortish;

jinoiy daromadlarni qonunlashtirish;

qalbaki hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar, shaxsiy yutuq 
chiptalarini qalbakilashtirish; 

shaxsiy yoki siyosiy maqsadlarda maxfiy ma’lumotlarni olish;

ma’muriyatning yoki ishdagi hamkasblarning yomon munosabatlari 
uchun qasos olish; 

shaxsiy yoki siyosiy maqsadlar uchun mamlakat pul tizimini buzish;

mamlakatdagi vaziyatni, hududiy ma’muriy tuzilishni beqarorlashtirish;

talonchilik, raqibni yo‘q qilish yoki siyosiy maqsadlar uchun muassasa, 
korxona yoki tizim ish tartibini buzish;

shaxsiy intelektual qobiliyatini yoki ustunligini namoyish qilish. 
Kiberjinoyat turlarini qat’iy tasniflashning imkoni yo‘q.
Quyida kriminologiya sohasiga nisbatan kiberjinoyatlarning turlari keltirilgan: 

iqtisodiy kompyuter jinoyatchiligi;

inson va fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga qarshi 
qaratilgan kompyuter jinoyatchiligi;

jamoat va davlat xavfsizligiga qarshi kompyuter jinoyatchiligi. 
Iqtisodiy kompyuter jinoyatchiligi amalda ko‘p uchraydi. Ular jinoyatchilarga 
millionlab AQSh dollari miqdoridagi noqonuniy daromadlar keltiradi. Ular orasida 
keng tarqalgani firibgarlik, asosan, bank hisob raqamlari va bank kartalari orqali 
amalga oshiriladi. Xalqaro amaliyotda plastik kartalar bilan sodir etilgan jinoyatlar 
yo‘qolgan yoki o‘g‘irlangan kartalar, soxta to‘lov kartalarini yaratish yoki ulardan 
foydalanish, karta taqdim etmasdan bank hisob varag‘i ma’lumotlarini olish va 
noqonuniy foydalanish, shuningdek, karta egasi tomonidan sodir etilgan jinoyatlar 
bilan bog‘liq. 
Kiberjinoyatlarning yana bir turi inson va fuqorolarning huquqlariga va 
erkinliklariga qaratilgan jinoyatlar - “kompyuter qaroqchiligi”dir. Ushbu jinoyatlar 
dasturiy ta’minotni noqonuniy nusxalash, ishlatish va tarqatishda namoyon bo‘ladi. 
Bu dasturiy ta’minot va ma’lumotlar bazasini yaratish bilan bog‘liq huquqiy 
munosabatlarga (mualliflik huquqiga) jiddiy zarar yetkazadi. Bundan tashqari, 
dasturiy ta’minot kompaniyalariga katta moliyaviy yo‘qotishlarni olib keladi. 
“Maykrosoft Armaniston” kompaniyasining direktori Grigor Barsegyanning 
ta’kidlashicha, “kompyuter qaroqchiligi”ning ishlab chiqaruvchilarga yetkazgan 
zarari yiliga 66 milliard dollarni tashkil etgan. Uning so‘zlariga ko‘ra Armanistonlik 


iste’molchilar, o‘zlarining moliyaviy resurslarini tejash maqsadida, viruslarni 
yuqtirish xavfi yuqori bo‘lgan dasturlardan ongli ravishda foydalanganlar. 
Kompyuter jinoyatchiligining oxirgi turi - jamoat yoki davlat xavfsizligiga qarshi 
kompyuter jinoyatchiligi, ularga davlat yoki jamoat xavfsizligiga qaratilgan xavfli 
xatti - harakatlar taalluqli. Ular ko‘pincha ma’lumot uzatish qoidalarining, mamlakat 
mudofaa tizimining yoki uning tarkibiy qismlarining buzilishi bilan bog‘liq. 

Yüklə 168,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin