bilan birga, aksariyat insonlar litsenziyali CD diskni sotib olib, undan ko‘chirish
imkoniyatiga ham ega bo‘lishim mumkin deb o‘ylaydilar.
Xavfsizlik
. Internet tarmog‘idagi axborotdan xavfsiz foydalanish axloqiy
munozaralar mavzusi bo‘lib kelmoqda. Bu birinchi navbatda jamoat faravonligini
himoya qilish yoki shaxs huquqini himoya qilish masalasini o‘rtaga qo‘yadi. Internet
tarmog‘idan foydalanuvchilar sonining ortishi, shaxsiy ma’lumotlarning ko‘payishi
natijasida kiberjinoyatlar soni ortmoqda.
Ishonchlilik.
Internetning mavjudligi va ba’zi bir shaxs yoki jamoalar tabiati
tufayli ma’lumotlarning ishonchliligi bilan shug‘ullanish muammoga aylanmoqda.
Boshqacha aytganda, Internetdagi ma’lumotlarning ishonchliligiga kim javob
beradi? Bundan tashqari, Internetdagi ma’lumotlarni kim to‘ldirishi, undagi xatolar
va kamchiliklar uchun kim javobgar bo‘lishi kerakligi to‘g‘risida ko‘plab
tortishuvlar mavjud.
Dostları ilə paylaş: