Mavzu: Kiberjinoyatchilik, kiberqonunlar va kiberetika Reja



Yüklə 168,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix22.09.2023
ölçüsü168,83 Kb.
#146483
1   2   3   4   5   6   7   8
2-Ma\'ruza.KIberetika (2)

Kiberqonunlar
. Qonun (huquq) — inson, jamiyat va davlat manfaatlari nuqtai 
nazaridan eng muhim hisoblanadigan ijtimoiy munosabatlarni mustahkamlash
rivojlantirish va tartibga solish vositasi. Qonunning nima maqsadga qaratilganini u 
yo‘naltirilgan munosabatga qarab aniqlash mumkin. Shu bois qonunlar turli sohaga 
oid maqsadlarga ega bo‘lishi mumkin. Umumiy nomda kiberjinoatchilikni tartibga 
solishni maqsad qilgan qonunlar kiberqonunlar deb ataladi. 
Qonunni ishlab chiquvchilar va uni himoya qiluvchilar butun dunyo bo‘ylab 
kiberjinoyatchilikni aniq belgilaydigan va kiber dalillarni qabul qilishni to‘liq 
madadlovchi kiberqonunlar zarurligi haqida ogohlantirib keladilar. Mamlakatning 
biror xalqaro shartnomadagi ishtiroki bu shartnomani qonuniylashtiradigan ichki 
qonunlar ishlab chiqilgan va tasdiqlangan taqdirdagina kuchga kiradi. Masalan, 
Yevropada 2004 yilda Yevropa Kengashi butun dunyo mamlakatlariga taklif 
qilingan “Kiberjinoyatchilik to‘g‘risidagi Shartnoma” (Budapesht konvensiyasi deb 
ham ataladi) loyihasini qabul qildi. Mazkur Shartnomani ko‘pchilik davlatlar 
imzolagan bo‘lsada, ularning bir nechtasigina shartnomaga mos keladigan milliy 
qonunlarga ega. 
2020 yil fevral oyiga kelib, Birlashgan millatlar tashkilotiga a’zo bo‘lgan 106 ta 
(yoki 55%) davlatlar Budapesht konvensiyasiga muvofiq milliy kiberjinoyatchilik 
to‘g‘risidagi qonunlarga ega bo‘ldilar. Bundan tashqari, hozirda rivojlanayotgan 
davlatlar kiberjinoyatchilarni tergov qilish va bu jarayon uchun kerakli 
ma’lumotlarni yig‘ish bo‘yicha ma’lum vakolatlarni qabul qildilar

Xozirgi kungacha davlatimizda axborot himoyasini, maxfiyligini, axborot 
xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha bir necha qonunlar, qarorlar ishlab chiqilgan 
bo‘lib, bu me’yoriy xujjatlar asosida davlat organlarida, tashkilotlarida amal qilib 
kelinmoqda. 
Jumladan “Aloqa to‘g‘risida”, “Axborot olish kafolatlari va erkinligi 
to‘g‘risida” , “Radiochastota spektri to‘g‘risida” , Telekommunikatsiyalar 
to‘g‘risida” , “Pochta aloqasi to‘g‘risida” , “Axborotlashtirish to‘g‘risida” , 
“Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida” , “Elektron to‘lovlar to‘g‘risida” , “Tijorat 
siri to‘g‘risida”, “Bank siri to‘g‘risida”
1
kabi O‘zbekiston Respublikasining 
qonunlarida axborot maxfiyligi, axborot siri, axborot himoyasi bo‘yicha tegishli 
moddalar belgilab o‘tilgan.
1
http://lex.uz 


O‘zbekiston Respublikasi davlat hududida kiberxavfsizlik sohasidagi 
munosabatlarni tartibga solish maqsadida 15.04.2022 yilda O‘RQ-764-sonli 


Yüklə 168,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin