1. Iqtidorli bolalar va ularga xos bo’lgan shaxsiy sifatlari.
2. Oilada talantli bolalar va ularning o‘ziga xosligi.
3. Iqtidorli bolalar va inklyuziv ta’lim.
4. Iqtidorli bolalar bilan ishlashda oila va ijtimoiy pedagog faoliyatini uzviyligi.
Iqtidorli bolalarning o'ziga xos xususiyatlari
1. Boshqa tengdoshlariga nisbatan yuqori intellektual qobiliyat, mahoratga sezgirlik, ijodiy imkoniyatlar va ko'rinishlarga ega.
2. Dominant, faol, qondirilmaydigan kognitiv ehtiyojga ega bo'lish.
3. Aqliy mehnat quvonchini his qilish.
1. Aqliy rivojlanishning g'ayrioddiy yuqori umumiy darajasi bo'lgan bolalar, qolgan barcha narsalar teng.
2. Maxsus aqliy qobiliyatlilik belgilariga ega bo'lgan bolalar - fan va san'atning muayyan sohasidagi iqtidorliligi.
3. Har qanday sababga ko'ra o'qishda muvaffaqiyatga erisha olmaydigan, lekin yorqin kognitiv faollikka, aqliy tuzilishning o'ziga xosligiga, ajoyib aqliy zaxiraga ega bo'lgan talabalar.
Iqtidorli bola modeli:
Jismoniy, ma'naviy - axloqiy va ijtimoiy jihatdan sog'lom shaxs;
muammoli vaziyatdan mustaqil ravishda chiqish yo‘lini topa oladigan, qidiruv faoliyatini amalga oshira oladigan, tadqiqot o‘tkaza oladigan, faoliyat haqida fikr yurita oladigan, tadqiqot ishining vositalari va usullariga ega bo‘lgan shaxs;
mustaqil faoliyatni amalga oshirishga qodir shaxs;
ko'p qirrali intellektga, kompensatsion qobiliyatga, yuqori madaniyatga ega bo'lgan shaxs;
o'z hayotida umuminsoniy qadriyatlar va me'yorlar asosida boshqariladigan, boshqa shaxsni tanlash va o'zini ifoda etish erkinligi huquqiga ega shaxs sifatida qabul qiladigan shaxs;
moyillik, ustun manfaatlar va individual xususiyatlarni hisobga olgan holda bilimning ma'lum sohalari bo'yicha kasbiy ta'lim dasturlarini ongli ravishda tanlash va ishlab chiqishga tayyor bo'lgan shaxs.
Iqtidorli bolalar bilan ishlash tamoyillari
1. Ta'limni differentsiallashtirish va individuallashtirish printsipi (uni amalga oshirishning eng yuqori darajasi - iqtidorli bolani rivojlantirishning individual dasturini ishlab chiqish).
2. Berilgan imkoniyatlarning maksimal xilma-xilligi tamoyili
3. Talabalarning qo'shimcha ta'lim xizmatlarini tanlash erkinligini ta'minlash tamoyili.
4. Oldindan o'rganish tamoyili.
5. Har qanday faoliyatda qulaylik printsipi
6. Rivojlantirib o`qitish tamoyili.
7. Iqtidorli bolalarning sinfdan tashqari mashg‘ulotlarini to‘garaklar, seksiyalar, tanlovlar, qiziqish to‘garaklari orqali oshirish tamoyili.
8. Talabalar bilan individual ishlashda fanlararo aloqadorlik muammosiga e’tiborni kuchaytirish tamoyili.
9. O'qituvchining minimal roli bilan talabalarning birgalikdagi ishlashi uchun sharoit yaratish tamoyili.
Men uchun, birinchi navbatda, bolalarni mustaqil fikrlashga, kerakli ma'lumotlarni izlashga, faktlarni solishtirishga o'rgatish juda muhimdir. Shunda ular kasbi qanday bo‘lishidan qat’i nazar, umr bo‘yi o‘rganishdan to‘xtamaydi, mendan ham, o‘zidan ham o‘zib ketadi. Lev Nikolaevich Tolstoy shunday deb yozgan edi: "Bilim xotira bilan emas, balki o'z fikrining sa'y-harakatlari bilan olingandagina bilimdir ...".
Hozirgi davrda aqlan zukko, kreativ qobiliyatli, mustaqil mulohaza yurituvchi yuksak iqtidorli, talantli yoshlarga eng qulay shart-sharoitlar yaratish, ular faoliyatini aniq maqsad sari yetaklash, boshqarish bugungi kunning talabidir.
Bunday yoshlar turli soxalarda xalqning milliy imkoniyatlarini jaxon talablari darajasiga olib chiqaoladigan qudratli kuchga ega. Mazkur nuqtai nazardan muammoga yondashish, iqtidorli yoshlarni izlab topish, ular faoliyatini yo‘lga qo‘yish muximdir.
Iqtidor, talant, daholik inson qobiliyati rivojlanish darajasining eng yuqori bosqichidir. Iqtidor tushuncha bo‘ladi. Ulardan biri ijtimoiy iqtidor bo‘lib, peshqadamdik (boshlovchilik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik) deb atash mumkin.
Iqtidorning bu turi oilada ham, maktabda ham hech qanday ziddiyatga sabab bo‘la olmaydi.
Mutaxassislar tomonidan ko‘proq o‘rganilgan iqtidor bu badiiy iqtidor bo‘lib, bunda bolada musiqaga, tasviriy san’atga, sahna madaniyatiga qiziqish o‘ta kuchli bo‘ladi. Bolaning sportga bo‘lgan qiziqishi, ishtiyoqi va jismoniy qobiliyati psixomotor iqtidor deb ataladi.
O‘quvchi yoki talabaning bilim olishdagi o‘ziga xos kuchli qobiliyati, bilim olish uchun intilishi va tirishqoqligi akademik iqtidor deb ataladi.
Tahlil qilishda, fikrlashda, faktlarni taqqoslashda namoyon bo‘ladigan qobiliyat intilektual iqtidor deb ataladi.
Bunda bola oilada - aqlli, maktabda - a’lochi. Ba’zida - bunday bola faqat bir yoki ikki predmet bo‘yicha a’lo bilimga ega bo‘lishi mumkin, biroq boshqa predmetlar bo‘yicha ulgurmay, ijobiy bilimlarga ega bo‘la olmaydi. Ijodiy iqtidor dunyoni boshqacha anglashda va boshqacha fikrlash jarayonida namoyon bo‘ladi. Bunday bolalar ba’zida o‘z maqsadlari sari intiladilar va maqsadiga yeta olmay «Omadsiz» bo‘lib qoladilar. Ular bolaligida oilada va maktabda ko‘pchilikni g‘ashiga tegadilar. Bunday bolani ertaroq aniqlab, o‘z vaqtida yordam ko‘rsatish kerak. Umuman olganda iqtidorli bolalarda bilim olishga ehtiyoj kuchli.
Ularni o‘qishga majbur qilishning keragi yo‘q. Ular o‘zlariga ish topib oladilar, ko‘p hollarda bu ish juda murakkab va intelektual bilimni talab etadi. Ular aqliy mehnatni xush ko‘radilar. Bu esa ota - onalarda qo‘rquv va xijolat chekish holatlariga sabab bo‘ladi. Iqtidorli bola kattalar bilan muloqatda bo‘lishni yaxshi ko‘radilar, chunki ular (katta yoshdagilar) bolani tushunadilar va bu muloqotdan zavq oladilar. Tengdoshlari uni tushunmaydilar, ustidan kuladilar va har xil laqablar bilan atay boshlaydilar. Bunday bolalarning sezgirligi juda kuchli bo‘lib ko‘rinadi. Ular juda tez, arzimagan narsadan ham janjal chiqarishi mumkin, bu injiqlik emas balki o‘ta sezgirlik, oqibatidir. Ijod qilishga moyil bolalar vazmin bo‘ladilar, ular bolaligidan o‘zini iqtidori tufayli aziyat chekishi mumkin.
Bunday bolalarda yumorga kuchli tug‘ma xissiyot mavjudligi sezilib turgandek bo‘ladi. O‘zlari xazil qilmasa ham kichkinagina vaziyatdan yoki holatdan kulgili narsa axtarib topa oladilar. Ularning nutqlari ham o‘zgacha. Ularning yurish - turishi, atrofdagilarga bo‘lgan munosabati boshqa bolalarnikidan ancha farq qiladi. Yuqorida aytilgan fikrlarga hulosa yasab shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, iqtidorli bolalarni boshqa hususiyatlarini hisobga olgan holda umumjaxon sog‘liqni saqlash tashkiloti qaroriga muvofiq ular aqli zaif, voyaga yetmagan huquqbuzarlar, ichkilikbozlikka mukkasidan ketgan kishilarning bolalari qatori «qaltis guruhga» kiradilar.
Ularga maxsus tarbiya, maxsus individual o‘quv dasturlari, maxsus tayyorgarlikka ega o‘qituvchilar,maxsus maktablar darkor.Oiladagi iqtidorli bola oilaning faxri. Ko‘p
xollarda oilada bolaning iqtidori sezilmay qolishi mumkin. Agar bola oilada to‘ng‘ich farzand bo‘lsa yoki hamma bolalari talantli bo‘lsa bu oilada odatiy hol hisoblanishi mumkin.
Biroq hamma ota - onalar ham, bunday bolalar bilan faxrlanmaydilar. Farzandini boshqalardan ajrab turishini hoxlamaydilar. Agar ota - onalar o‘z farzandlaridagi iqtidorni o‘z vaqtida sezib, unga har tomonlama yordam berishganda edi, maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Ayrim hollarda talantli bolalarni oilada qiynab yuboradilar. Bunga bola bardosh bera olmasligi mumkin va aksincha talantsiz, qobiliyatsiz bolani ota - onalari undan ko‘p narsa talab qiladilar, bunday jarayon bolaning sog‘ligini izdan chiqarishi mumkun. Sog‘liqni o‘nglash mumkundir, lekin yetkazilgan ma’naviy zararni bartaraf etish ancha qiyin. Talant bo‘lsa unga o‘z vaqtida yordam berish bu yaxshi, lekin talant «yaratish» bolani haqoratlashdir.
Ota - onalar farzandini iqtidorini ko‘p hollarda bolaning erta tili chiqishi nutqini
rivojlanishi, ertaroq sanashni o‘rganishi, hotirasining o‘tkirligi va qiziquvchanligi bilan ifodalaydilar. Bunday bolalarda tasavvur va tafakkur tezligi ham harakterlidir, ayrim hollarda bunday xususiyatlar aniq namoyon bo‘lmaydi. Ota - onalarning muhim vazifalari shundan iboratki, bunday farzandning har tomonlama rivojlanishini kuzatib, sezib turishlari lozim. Aniqroq qilib aytganda, bunday bolalarni o‘z vaqtida sezib iqtidorini aniqlash va uning rivojlanishiga yordam berishi kerak.
N.N.Rimski - Korsakovni qobiliyatini 2 yoshligida, I.Ye.Repinning 4 yoshligida P.I.Chaykovskini 5 yoshida sezishgan.
Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy juda ham kichik yoshligida «Qush tili» asarini o‘rgangan, yoshligidan she’riyatga iqtidori borligini namoyon etgan.
Pushkin 9 yoshidan Lermontov 10 yoshidan she’r yoza boshlaganlar. Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin.
Oila uchun nafaqat iqtidorli bolani aniqlash, balki bunday bolaga alohida munosabat ko‘rsatish mumkin emas, chunki bu xol boshqa negativ (ziddiyatli) holatlarni keltirib chiqarishi, ya’ni oiladagi boshqa bolalar o’rtasida noto’gri qarash, munosabatlarni yuzaga kelishiga sababchi bo’lishi mumkin. Bu o’rinda maktabda faoliyat yurituvchi ijtimoiy pedagog faoliyatini yo’lga qo’yish yaxshi samara beradi. Buning uchun birinchi navbatda ijtimoiy pedagog bolaning iqtidori qay darajada ekanligidan qat’iy nazar, uni o‘qitish muhimligini yoddan chiqarmasligi kerak. Uni (iqtidorli bolani) sabir - qanoatga, mehnat qilishga va mustaqil qaror qabul qilishga o‘rgatib borish kerak.
Ijtimoiy pedagog iqtidorli bolaga nisbatan munosabatini to‘g‘ri tashkil qilib borishi kerak, faqat shundagina u bilan bo‘ladigan o‘zaro munosabatni to‘g‘ri yo‘lini topishi mumkin.
Iqtidorli bolaning nimasi o‘ziga xos?
Ota - onalari uning nimasi bilan fahrlanadi?
Talantli bola ota - onalarini hovliqtirib yubormayaptimi?
Oilada bo‘ladigan ziddiyatlar shu bolaga bo‘layotgan bosim zamirida paydo bo‘lishi mumkin. U har xil bosim va kamsitishlarni yoqtirmaydi, baqir - chaqirlarga chidab tura olmaydi, ota -onalar esa buni yodidan chiqaradilar va bu katta muammoga sabab bo‘ladi.
Ijtimoiy pedagog ota - onalarga bolaning individual ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishda yordam berishni, mutaxassislarga yo‘llanma berish, maslahatlar tashkil qilishni, ota - onalar va o‘qituvchilar o‘rtasida muntazam aloqa o‘rnatishi zarur.
Iqtidorli bola tez - tez kayfiyatini o‘zgartiradi, muloqotda shoshqaloq, suhbatdoshini fikrini bo‘ladi. O‘z bilimini namoyish qiladi. Natijada unda kutilmagan favqulotda xatti - harakatlar namoyon bo‘ladi Ular orqada qolish yaxshi emas deb hisoblaydilar, doimo birinchi bo‘lishga harakat qiladilar. Suhbat mobaynida noaniqlik sezilib qolsa o‘rnida to‘g‘rilaydilar. Mana shu hususiyatlarning hammasi chidam, sabr - toqatni tarbiyalashni taqozo etadi.
Talantli bolalar yaxshilik, sahovat, adolat va mehr - muruvvat nima ekanligini yaxshi biladilar, biroq amadda bu go‘zal g‘oyalarni hayotga tadbiq eta olmaydilar. Bu yerda ijtimoiy pedagogning yordami muhim o‘rin tutadi.
Qiziquvchanlik hamma narsani bilishga intilish katta ijodiy imkoniyat hayot tarzimizga aylanib qolgan axloqiy me’yorlarining atrofdagilar bilan munosabatning buzilishiga olib kelishi mumkin.
Bu yerda ijtimoiy pedagog ota - onalar bilan mustahkam aloqada bo‘lishi darkor. Iqtidorli bolalar bilan ishlashda ijtimoiy pedagog faoliyatining asosi ular bilan oila hamkorligida inklyuziv ta’limni keng yo’lga qo’yishdan iborat. Bunday hamkorlik zamirida bolani bo‘sh qo‘ymaslik, vaqtini mazmunli o‘tkazish, maktabgacha yoshdagi davrdan boshlab, ijodiy mehnatga jalb qilish, ijod uchun sharoit yaratib berish yotadi. Ota - ona va o’qituvchi hamkorligida inklyuziv ta’limni yo’lga qo’yishning mohiyati, bular o’rtasidagi o’zaro tenflik asosida iqtidorli bola bilan ta’lim- tarbiya jarayonini tashkil qilishdan iborat. Ushbu interfaol ta’lim jarayonida iqtidorli bolalarni tabaqalashtirilgan, individuallashtirilgan, dasturlashtirilgan ta’lim texnalogiyalardan foydalanib bilish faoliyatini maxsus tashkil qilish va bu orqali ulardagi intelektual imkoniyatlarni to’laroq ochib berishga imkon yaratiladi. Bu o’rinda ta’limni jamoaviy, guruhli, kompyuterli shakilaridan ham keng foydalanish va bu orqali iqtidorli bolalar bilish jarayonini to’liq nazorat qilish mumkin. Nazorat qilish esa o’zaro kelishilgan holda ota-ona va ijtimoiy pedagog tomonidan bir vaqitda, yoki ma’lum ketma-ketlikda yo’lga qo’yilishi maqsadga muvofiq. Ijtimoiy pedagog bunday nazorat shakli, usulini oldindan belgilab (mahsus mutahassislar bilan maslahatlashib) ota-onalarni tayyorlab boradi.
Ijtimoiy pedagog faoliyati yuqoridagilardan tashqari iqtidorli bolalar faoliyatini maktabdan tashqarida maqsadli yo’lga qo’yishga e’tiborini qaratishi jihatdan ham axamiyatlidir. Buning uchun esa iqtidorli bolalar bilan ijtimoiy pedagogni ish olib borishining zamonaviy shakllaridan biri, bolalar ijodiyoti uylari, markazlari, turli to‘garaklar bo‘lib bular bilan ishlashda mazkur ta’lim maskanlari muhim ahamiyat kasb etadi.