TABAQALASHTIRILGAN O’QITISH TA’LIM TEXNOLOGIYALARI
TABAQALASHTIRILGAN
TABAQALASHTIRILGAN
O’QITISH TA’LIM TEXNOLOGIYALARI
Reja:
Zamonaviy o’qitish texnologiyalarining turi va ularning mohiyati
Shaxsga yo’naltirilgan o’qitish texnologiyalarining mohiyati
Tabaqalashtirilgan ta’lim texnologiyalari
Xulosa
O’qitish jarayonida pedagogik texnologiyalar talablari asosida ifoda etilgan o’quv maqsadlariga erishiladi. Ilmiy-texnik taraqqiyot jadal rivojlanib borayotgan davrda o’qitish samaradorligi, asosan o’quvchining o’qitish jarayonidagi o’rni, pedagogning unga bo’lgan munosabatiga bog’liq bo’ladi. Bu yerda o’qitish texnologiyasining ikki turini ajratib ko’rsatish mumkin:

Avtoritar texnologiya;
Shaxsga yo’naltirilgan texnologiya.
Avtoritar texnologiya – bunda pedagog sub’ekt sifatida namoyon bo’ladi, o’quvchilar esa faqatgina “ob’ekt” vazifasini bajaradi xolos. Bunda o’quvchining tashabbusi va mustaqilligi yo’qoladi, o’qitish majburiy tarzda amalga oshiriladi. Odatdagi an’anaviy o’qitish avtoritar texnologiyada taalluqlidir. Bunda, avvalo Ya. A. Komenskiy tomonida ifoda etilgan, didaktik tamoyillarga asoslangan o’qitishning “sinf-dars” tizimida tashkil etilishi nazarda tutiladi.