Mundarija mavzu: kolloborativ ta’lim texnologiyasi reja: kirish i-bob. Hamkorlikda o‘qitish texnologiyalarining mazmun – mohiyati



Yüklə 64,03 Kb.
səhifə1/12
tarix22.12.2023
ölçüsü64,03 Kb.
#189251
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Mundarija mavzu kolloborativ ta’lim texnologiyasi reja kirish -www.hozir.org


Mundarija mavzu: kolloborativ ta’lim texnologiyasi reja: kirish i-bob. Hamkorlikda o‘qitish texnologiyalarining mazmun – mohiyati

MUNDARIJA
MAVZU: KOLLOBORATIV TA’LIM TEXNOLOGIYASI
REJA:
KIRISH
I-BOB. HAMKORLIKDA O‘QITISH TEXNOLOGIYALARINING MAZMUN – MOHIYATI.
1.1. Hamkorlikda o‘qitish texnologiyasi, interfaol texnologiyalar va organayzerlar.
1.2. Hamkorlikda o‘qitish texnologiyasining afzalliklari va istiqbollari.
II-BOB. HAMKORLIKDA O‘QITISH TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA TA’LIM – TARBIYA JARAYONINI TASHKIL ETISH MASALALARI.
2.1. Ma’ruza, seminar, amaliy mashg‘ulotlarda amaliy metodlardan foydalanish.
2.2. Amaliy metodlarning turlari, mazmun mohiyati.

XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

KIRISH
Mavzuning dolzabrligi. Bugungi davrga kelib o‘qitishning turli usul va uslublari va metodlari yaratilmoqda. Bulardan eng samaralisi albatta amaliy ta’lim metodlaridir. Chunki amaliy ta’lim metodlari orqali o‘quvchilar nazariy ma’lumot bilan birgalikda amaliy ravishda ish olib boradi. Bu eslab qolish va ko‘nikmani rivojlantiradi. Amaliy ta’lim metodlari nazariy berilgan bilimlarni amalda sinab ko‘rish orqali amalga oshiriladi.
Ta’lim metodlari muayyan pedagogik jarayondan ko’zda tutilgan maqsadlarga erishish uchun bajarish lozim bo’lgan vazifalarii amalga oshirishda qo’llaniladigan turli-tuman ish usullari va shakllarini o’z ichiga oladi.
Bu ishlarni amalga oshirishning shakllangan va amaliyotda qo’llanilayotgan har turli usullari va shakllari asosida ko’plab ta’lim metodlari hosil bo’lgan va bu jarayon davom etmoqda.
Muayyan ta’lim-tarbiyaviy maqsadga qaratilgan biror harakatni amalga oshirish yo’li, usuli yoki ko’rinishidan iborat bo’lib shakllangan faoliyat shu maqsadga erishishga xizmat qiluvchi o’ziga xos ta’lim metodini hosil qiladi. Bunda harakatni amalga oshirish yo’li deb bajarilishi talab qilinayotgan faoliyat uchun qo’llash mumkin bo’lgan bir nechta yo’llardan oldindan ko’zda tutilgan maqsadga muvofiq ravishda tanlangan yo’lni aytiladi. Masalan, savod o’rgatish yo’llari: oilada o’rgatish, maktabda o’rgatish, maktabgacha ta’lim muassasasida o’rgatish, o’qituvchi yordamida o’rgatish, kitoblar, kompyuter, ko’rgazma qurollar va boshqalar vositasida o’rgatish. Shunga o’xshash sanoqni, arifmetik amallarni o’rgatishda ham yuqoridagiga o’xshash yo’llardan foydalanish mumkin. Shu yo’llardan foydalaщb harakatni amalga oshirishda har turli metodlarni qo’llaniladi. Masalan, savod o’rgatish maqsadida yuqorida aytilgan yo’llardan istalgani tanlangandan keyin, shu har bir yo’l uchun maqsadga muvofiq deb hisoblangan metodlarni qo’llaniladi. Bular, oilada, maktabgacha ta’lim muassasasida, maktabda savod o’rgatishni amalga oshirishda o’qituvchinnng, tarbiyachining qo’llaydigan ish usullarini; kompyuter, kitob va boshqa ta’lim- tarbiya vositalarini belgilangan maqsadga muvofiq qo’llash metodlarini o’z ichiga oladi. Shunga o’xshash sanoqni, arifmetik amallarni o’rgatish yuzasidan ham tanlangan har bir yo’l o’ziga xos metodlarni qo’llashni nazarda tutadi. Demak har bir harakat ma’lum yo’lda va shunga muvofiq metodda amalga oshiriladi.

Yüklə 64,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin