Mundarija mavzu: kolloborativ ta’lim texnologiyasi reja: kirish i-bob. Hamkorlikda o‘qitish texnologiyalarining mazmun – mohiyati


II-BOB. TA’LIM MENEJMENTINI O‘QITISHDA AMALIY METODLARDAN FOYDALANISH MEXANIZMLARI



Yüklə 64,03 Kb.
səhifə6/12
tarix22.12.2023
ölçüsü64,03 Kb.
#189251
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Mundarija mavzu kolloborativ ta’lim texnologiyasi reja kirish -www.hozir.org

II-BOB. TA’LIM MENEJMENTINI O‘QITISHDA AMALIY METODLARDAN FOYDALANISH MEXANIZMLARI.
2.1. Ma’ruza, seminar, amaliy mashg‘ulotlarda amaliy metodlardan foydalanish
Ta’lim metodlari va usullari tushunchalari. Metod, usul va texnologiya. Ta’lim metodi tushunchasi anchagina murakkabdir. Shu bois pedagogikada uning tobora aniq talqini xususida munozara haligacha davom etmoqda. Biroq bu tushunchaga beriladigan didaktlarning turli ta’riflariga qaramay, ularning nuqtai nazarlarini yaqinlashtiradigan qandaydir umumiylikni ham ta’kidlash mumkin. Ko‘pchilik mualliflar ta’lim metodini o‘quvchilarning o‘quv bilish faoliyatini tashkil etish usuli, deb hisoblashga moyildir. Shu qoidani boshlang‘ich nuqta bilib, mazkur tushunchani yanada batafsil ko‘rib chiqish va uning ilmiy ta’rifiga kelishga harakat qilamiz. Metod so‘zi yunoncha tadqiqot, maqsadga erishish yo‘li, usuli deganidir. Metod - eng umumiy ma’noda - maqsadga erishish usuli, ma’lum tarzda tartibga solingan faoliyat. Ko‘rinadiki, bu o‘rinda ham o‘qituvchining o‘rgatuvchi ishi va u tashkil etgan o‘quvchilarning faol o‘quv-bilish faoliyati uyg‘unlashadi. Ta’lim metodlari deyilganda, o‘rganilayotgan materialni egallashga qaratilgan turli didaktik vazifalarni hal etish bo‘yicha o‘qituvchining o‘rgatuvchi ishi va o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish usullari yig‘indisi tushuniladi. Didaktikada, shuningdek, ta’ lim usullari atamasi ham keng qo‘llanadi. Ta’lim usuli - ta’lim metodining tarkibiy qismi yoki alohida tomoni. Metodlar bilan usullar munosabati o‘zaro bir-biriga bog‘langan. Usul va metod butun va qism sifatida bir-biriga bog‘lanadi.
Usullar yordamida faqat pedagogik yoki o‘quv vazifasining bir qismi hal qilinadi. Xuddi shu metodik usullar turli metodlarda foydalanilgan bo‘lishi mumkin. Va aksincha, xuddi shu metod turli o‘qituvchilar tomonidan turli usullarda ochib berilishi mumkin. Masalan, o‘qituvchilar tomonidan ko‘p qo‘llaniladigan mashq manbasiga ko‘ra amaliy metod hisoblansa, uni qo‘llash esa bir nechta usullar (mashqning qoidasini o‘qib berish, bittasini namuna sifatida bajarib ko‘rsatish, o‘qituvchining namunasi asosida o‘quvchilar tomonidan mashqning, o‘quvchilar tomonidan bajarilgan mashqlarni tekshirish va xatolarini tuzatish yordamida amalga oshiriladi. O‘qituvchilarning ayrimlari esa, “metod” tushunchasining o‘rniga “uslub” tushunchasini ham qo‘llaydilar. Ammo “uslub”tushunchasi “metod” atamasining mohiyatini o‘zida to‘liq aks ettira olmaydi. Chunki uslub ko‘proq xususiy (so‘z borayotgan holatda aynan o‘qituvchiga xoslikni ifoda etadi) tavsifga ega bo‘lib, aniq maqsadga erishish yo‘li sifatida xizmat qila olmaydi. Pedagogik texnologiya - bu muayyan loyiha asosida tashkil etiladigan, aniq maqsadga yo‘naltipilgan hamda ushbu maqsadning natijalanishini kafolatlovchi pedagogik faoliyat japayoni mazmunidir. Har qanday pedagogik texnologiya, jumladan umummadaniy dunyoqarashni shakllantirishga yo‘naltirilgan texnologiya ham o‘zaro hamkorlik, muloqot, ularning bir-birlariga ta’sirlari eng zamonaviy talablarga javob bergan holda, o‘qituvchi ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va boshqarish tamoyillari, yo‘llari, umummadaniy dunyoqarashni shakllantirishga xizmat qiluvchi metod va uslublar, talabalar shaxsi faoliyatni to‘g‘ri tashkil etish, ular bilan hamkorlik qilish, muloqotga kirishish, pedagogik faoliyatini tashkil etish jarayonida yuzaga keluvchi muammo va qarashlarni birgalikda hal etish, auditoriyada ijodiy
hamkorlik, ishchanlik muhitini hosil qilishga doir shakl va metodlar bilan qurollangan bo‘lishi lozimTa’lim amaliyotida “pedagogik texnologiya” tushunchasi uch darajada qo‘llaniladi:
Umumpedagogik (makro) daraja. Mazkur darajaga muvofiq keladigan texnologiyalar yaxlit pedagogik jarayonga tegishli bo‘lib, ularga muammoli, tabaqalashtirilgan, integratsion, shaxsga yo‘naltirilgan, rivojlantiruvchi, modulli, masofali o‘qitish texnologiyalarini misol sifatida keltirish mumkin. Mazkur texnologiyalar innovatsiya tavsifiga ega bo‘lib, novator o‘ qituvchilar, olimlar va izlanuvchilar tomonidan ishlab chiqiladi hamda samaradorligi kafolatlanganidan va amaliyotga keng tatbiq etish imkoniyatiga ega bo‘linganidan so‘ng uni amaliyotchi o‘qituvchilar o‘z faoliyatida qo‘llaydilar. Xususiy-metodik (mezo) daraja. Ushbu daraja o‘zida ma’lum bir o‘quv fanini o‘qitish jarayonini loyihalash va rejalashtirishni o‘zida aks ettiradi. Masalan, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi o‘qish darsini har safar texnologik modeli va xaritasini tuzib kelishi kerak. Hozir ko‘p ta’kidlanayotgan texnologik model loyihalashga, texnologik xarita rejalashtirishga to‘g‘ri keladi. Natijada har bir fanni o‘ qitish texnologiyasi yuzaga keladi. Lokal daraja (mikro). Mazkur darajaga tegishli texnologiyalar o‘quv-tarbiya jarayonining ma’lum tarkibiy qismi, alohida shaxs sifatlarini shakllantirish, maxsus o‘quv ko‘nikma va malakalarini tarkib toptirishga xizmat qiladi. Masalan, o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashini shakllantirish texnologiyasi, o‘quvchilarning aqliy qobiliyatini rivojlantirish texnologiyasi va boshqalar. Metodika - qat’iy ketma-ketlikka (algoritmik xarakterga), ilgari o‘rnatilgan reja (qoida), tizimga aniq rioya qilish bo‘lib, biror bir ishni maqsadga muvofiq o‘tkazish metodlari, yo‘llari majmuasi. “Metodika” tushunchasi turli fanlarni o‘qitish bilan ham bog‘ liqlikda qo‘llanilib, ma’lum sohani o‘qitish jarayoni, mazmuni, qonuniyatlari, tamoyillari, shakl, metod va vositalari yig‘indisini o‘zida ifoda etadi. “Metodika” va “texnologiya” tushunchalarining bahs doirasi bilan ham bog‘liqlikda ayrim farqli jihatlarni ajratib ko‘rsatish mumkin. Jumladan, metodik tizim “Qanday o‘qitish?”, “Nima uchun o‘qitish?”, “Nimaga o‘rgatish?” kabi savollarga javob izlaydi, texnologiya esa, “Qanday tarzda samarali o‘qitishga erishish mumkin?” degan savolni markazga qo‘yadi. Metodika o‘quv jarayoninin qanday tarzda tashkil etish lozimligini nazarda tutsa, texnologiya qay yo‘sinda o‘quv jarayonini eng qulay, maqbul tarzda amalga oshirishga diqqat-e’ tiborni qaratadi.
Maktab amaliyotida mashqlar o’tkazish uchun o’quvchilarning nazariy bilimlariga murojaat qilishning ba'zi yo’llari belgilangan. Bu ishning eng keng tarqalgan, lekin eng kam samarali usuli dars rejasida ko’zda tutilgan mashqlarni bajarishda tayaniladigan ma'lum tushunchalar va qoidalarni og’zaki qayta tiklashdir. Mashqlarni bajarishdan oldin nazariy materialni takrorlashning samaraliroq usuli mazkur materialni qo’llash bo’yicha amaliy topshiriqlarni qo’yishdir. Bunday topshirmalarga tanlanma diktant o’tkazishda ma'lum so’zlar yozishni, nutqning ma'lum bo’laklarini qisqa vaqt ichida tahlil qilishni, nutqning ahamiyatli qismlarini ajratishni, didaktik tarqatma material bilan ishlashda ma'lum orfomalarni qayd qilishni, masalalar yechishda asos bo’ladigan matematik ifodalar bilan ishlash va hokazolarni kiritish mumkin.
Mashqlar o’tkazishda nazariy materialga murojaat qilishning navbatdagi usuli o’quvchining keyingi amaliy ishni bajarishdan oldin uning yo’llarini asoslashidir. Amaliy ishlarni bajarish vaqtida nazariy asoslash pedagogik jiahtdan o’zini oqlagan. Bu usulni ikki variantda bajarish mumkin. Bular navbatdagi ishni keng tushuntirish va sharhlashdan iboratdir. O’quvchilar bilan ularning tayyorgarligidagi ayrim kamchiliklarini to’ldirish bo’iicha ishlashda navbatdagi ishlarni keng tushuntirish o’zini ancha oqlagan. Bunda avval o’quvchidan keng mushohada yuritishni talab qilish lozim va talabni bajarish esa hisoblash usulini chuqurroq anglashni ta'minlaydi.
Mushohada jarayoni asta-sekin kengaya boradi va harakatlar ma'lum tartibda ketma-ket amalga oshadi. Hisoblash usulini asoslovchi qoidaning yo’naltiruvchi roli yo’qoladi va u faqat qiyinchilik tug’ilganida eslanadi.
O’quvchilar malakalarining saviyasi ana shu ishning qanday tashkil etilishiga bog’liq. Mashqlarni tasniflashning bir necha tizimlari mavjud bo’lib, uning hamma turlarini malakalar hosil bo’lishi jarayonidagi o’rniga qarab uch guruhga: tayyorgarlik, o’quv va o’rganish mashqlariga bo’lish mumkin.
Tayyorgarlik mashqlarining vazifasi dasturdagi yangi materialni ongli ravishda o’zlashtirish uchun zarur bilimlar va amaliy ish usullarini esga tushirishdan iboratdir. Masalan, III sinfda fe'llarni o’rganish tajribasi bo’yicha oldin fe'llarni eshitib idrok etish, fe'lning zamon shakllarini aniqlash mashqlari o’tkaziladi. Bolalar so’zlar orasidagi fe'llarni ajrata oladigan bo’lganlaridan keyin ana shu so’z turkumini ongli ravishda qo’llash mashq qilinadi.
Boshqa bir misol. Matematika darsligining mualliflari I. Oxunjonov va N. U. Bikbaevalarning fikricha, 10 ichidagi amallarni mustahkamlashda va ikkinchi o’nlikdagi sonlarni nomerlashni o’rganishda tarkibli masalalarni qo’llashdan oldin quyidagi tayyorgarlik mashqlarini muntazam o’tkazish kerak:
1. Oddiy masalaning shartiga savol qo’yish. Chunonchi, bir qutichada 6 ta, ikkinchi qutichada undan 2 ta kam qalam (opasida 10 ta va ukasida 8 ta marka) bor. Masalaning ana shu shartidan nimani bilish mumkin?
2. Masalaning berilgan shartidagi yetishmaydigan sonni to’ldirish. Chunonchi, akasida 4 ta daftar bor, aka va singilning daftarlari qo’shilsa, nechta bo’ladi? (Maydonda turgan mashinalarning 3 tasi ketsa, nechta mashina qoladi?)
3. Berilgan savolga javob uchun kerakli ma'lumotlarni tanlash. Chunonchi, ikkita yashikda qancha olma borligini (qizchada necha tiyin qolganini) aniqlash uchun nimani bilish kerak? O’quv mashqlari yangi material yoritilishi bilanoq boshlanadi va ana shu materialni o’zlashtirishda yordam beradi. Ularning farqli xususiyati o’quvchilarga o’qituvchining doimiy yordam berishidan iboratdir. Bu yordam ko’pincha bajariladigan ishning usullari va natijalarini jamoa bo’lib muhokama qilishda, sharhlashda o’zining ifodasini topadi. Birinchi o’quv mashqida bolaga baho qo’yish maqul emas, chunki undan hali o’rganilmagan narsani so’rash pedagogik jihatdan noto’g’ridir. O’quv mashqlarini o’tkazishda algoritmik ko’rsatmalar, ya'ni aqliy va amaliy harakatlarning didaktik jihatdan o’zini oqlagan turlari belgilangan o’ziga xos xotiranomalar g’oyat foydalidir. Algoritmik ko’rsatmalarning keng doiradagi bir xil masalalarni yechish uchun qo’llanishi maqsadga muvofiq bo’lib, ular ishda to’g’ri natijalarga erishish imkonini beradi.
O’qish darsida hikoyaning rejasini tuzish uchun quyidagicha xotiranoma juda foydalidir: 1. Hikoyani o’qi. 2. Uni qismlarga ajrat. 3. Har bir qismdagi asosiy masalalarni top. 4. Har bir qismga sarlavhalar qo’y. 5. Qismlarning sarlavhalaridan reja tuz. O’quv topshiriqlarining har xil turlaridan foydalanish o’quvchilarni ishga ijodiy yondashishga va nazariy bilimlarni amalda qo’llashga yordam beradi. Bunga erishish uchun o’quvchilarning bilimlarini ularning dastlabki tushuncha, tasavvur va ko’nikmalarini shakllantirgan materiallardan boshqacha materiallar asosida mustahkamlash va takomillashtirish kerak. Shuningdek, bu materiallar ko’p variantli topshiriqlardan tashkil topib, ularning har biri o'ziga xos bilishga doir va mantiqiy topshiriq bo’lishi maqsadga muvofiqdir. O’rganish mashqlarining ana shunday yo’lga qo’yilishi o’quvchilar ongida yangi bog’lanishlar hosil bo’lishiga va shunga ko’ra materialning yaxshiroq o’zlashtirilishiga yordam beradi.
Amaliy metodlar o’qitishning og’zaki va ko’rsatmali metodlari bilan uzviy birlikda qo’llaniladi. Chunki mashqlarni bajarish, tajribalarni o’tkazish va mehnat operatsiyalarini amalga oshirishdan oldin pedagog instruktiv
Ta'limiy o’yinlar darsda yoki darsdan tashqari o’tkazilishidan qat'i nazar, beixtiyor eslab qolish jarayonlarini ancha faollashtirishda, bilish faoliyatiga qiziqishini oshirishda, mustaqil mehnatga tayyorlashda katta ahamiyatga molikdir.
O’yinlarni psixologik-pedagogik tashkil etish, tayyorlash va o’tkazish bosqichlari o’qituvchining o’yinni tashkil qilish va o’tkazishga nazariy-metodik tayyorgarligi:
- kichik maktab yoshidagi o’quvchidarning yoshi, o’ziga xos psixologik va tipologik xususiyatlarini o’rganish, ana shu xususiyatlarni hisobga olish hamda ular o’yinining maqsadi, vazifasi va mazmuniga muvofiq ravishda tuzatishni rejalashtirish;
- o’quvchilarning hayotiy tajribasini, qiziqishlarini, mayllari va qobiliyatlarini o’rganish hamda o’yinda ulardan foydalanib, har bir o’quvchida to’la qoniqish hosil qilishni rejalashtirish;
- texnik vositalardan foydalanib, namunaviy o’yinlarni ko’rsatish va tushuntirish;
- o’quvchilarni o’yinning mazmuni, syujeti, maqsadi va vazifalari, bosqichlari, borishi va qoidalari bilan tanishtirish;


Yüklə 64,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin