Mavzu: Investitsion risklar, ularning iqtisodiy mohiyati va kelib chiqishi sabablari



Yüklə 14,85 Kb.
tarix19.04.2023
ölçüsü14,85 Kb.
#100503
moliya 6

Moliya
Maqola


Mavzu: Investitsion risklar, ularning iqtisodiy mohiyati va kelib chiqishi sabablari.

Annotatsiya: Investitsion risklar va ularning iqtisodiy mohiyati to’g’risida yozilgan maqolamiz Investitsion risklar va ularning iqtisodiy mohiyatini to’g’ri baholashga qaratiladi va ular o’rtasidagi munosabatni o’rganadi.

Kalit so’zlar: Investitsiya, investitsion faoliyat, investitsiya jarayoni, ob’yekti, sub’ekti,
Kirish

Investitsiya o’zi nima?. Investitsiya (lotincha: investio — „oʻrash“) — iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida oʻz mamlakatida yoki chet ellarda turli tarmoqlarga, ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarga, innovatsiya, tadbirkorlik loyihalariga uzoq, muddatli kapital kiritish (qoʻyish). Pulning vaqt (zamon)ga bogʻliq qiymati nazariyasiga koʻra, investitsiya kelajakda naf olish maqsadida mablagʻlar qoʻyishdir. Investitsiya kapitalni muayyan muddatga bogʻlashni yoki band qilishni bildiradi. Bundan asosiy maqsad kapital qiymatini saqlab qolish yoki boʻlmasa kapital qiymatini vaqtda oʻstirib borishdir.


Investitsiyalar har doim xavfli ishdir. Siz sarmoya kiritgan loyiha muvaffaqiyatli bo’lishiga hech kim 100% kafolat bera olmaydi. Ammo har qanday investitsiya xavfini minimallashtirish mumkin. Bugun men sizga qanday xavflar borligini va ularni maksimal darajada kamaytirishni aytib beraman.
Investitsion risklar – bu turli xil investitsiya vositalari yoki loyihalariga investitsiya qilishda yo’qotishlar va hatto barcha mablag’larni butunlay yo’qotish xavfi mavjudligi. Asboblarning rentabellik darajasi va risk darajasi o’rtasida to’g’ridan-to’g’ri proportsional bog’liqlik mavjud. Umumiy qoidaga ko’ra, sarmoyaning potentsial daromadi qanchalik yuqori bo’lsa, investitsiyangizni yo’qotish xavfi shunchalik yuqori bo’ladi. Muayyan investitsiya vositalari, sanoat yoki hatto aktivlariga investor pul investitsiya qilishni rejalashtirgan emitent bilan bog’liq risklar tizimli bo’lmagan yoki diversifikatsiyalangan deb ataladi.
Investitsiyalarning iqtisodiyotdagi o’rni beqiyosligi uning aniq mohiyatini o’rganib chiqishni talab qiladi. Iqtisodiy log’atda “Investitsiyalar – kapitalni uzoq muddatli qoyilmalar tariqasida sanoatga, qishloq xo’jaligiga va boshqa tarmoqlarga sarf qilinadigan xarajatlar yig’indisini aks ettiradi”,-deb tariflangan. Ishlab chiqarish nazariyasi va, umuman, maqroiqtisodiyotda investitsiyalar yangi kapitalni (ishlab chiqarish vositalarini hamda inson kapitalini qo’shib hisoblaganda) yaratish jarayonidir. Moliya nazariyasida esa investitsiya deganda real yoki moliyaviy aktivlarni olish tushiniladi, ya’ni bugungi sarf-xarajatlarning maqsadi kelajakda daromad olishdir. Demak, bizningcha, “Investitsiyalar – bo’sh turgan kapitalni iqtisodiy-ijtimoiy samara olish maqsadida harakatga keltirishdir”.
Investitsiyalar – bu hali buyumlashmagan, lekin ishlab chiqarish vositalariga qo’yilgan kapital. O’zining moliyaviy shakliga ko’ra, ular foyda olish maqsadida xo’jalik faoliyatiga qo’yilgan aktivlar hisoblansa, iqtisodiy xususiyatiga ko’ra, u yangi korxonalar qurishga, uzoq muddatli xizmat ko’rsatuvchi mashina va asbob uskunalarga hamda shu bilan bog’liq bo`lgan aylanma kapitalning o`zgarishiga ketgan harajatlardir.

Xulosa: Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, investitsiya loyihalarini amalga oshirish orqali iqtisodiyotda tub o’zgarishlarni amalga oshirish imkonini beradi bu tub o’zgarishlar esa davlat rivojlanishiga juda katta yordam beradi.
Yüklə 14,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin