O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA
INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI
Sirtqi bo’lim_FAKULTET
Maktabgacha ta’lim YO’NALISHI
22.21 GURUH TALABASI
Fayzullayeva Xolida
Kashtachilik turlari mavzusida
BAJARDI:
Fayzullayeva.X
QABUL QILDI:
Rahmonova Feruza
Kashtachilik turlari
Reja:
1. Kashtachilik san’ati tarixi.
2. Kashtachilik maxsulotlarini tikish texnologiyasi
3.
Kashta tikilgan buyumlarga ishlov berish
О‘zbek milliy kashtachiligi (kashtadо‘zlik) amaliy san’tning eng qadimiy
turlaridan bulib, u xalqning о‘z turmushini gо‘zal kilish istagi natijasida yuzaga
kelgan. Kashtachilik san’ati nafaqat mamlakatimizda, balki chet ellarda ham
shuxrat qozongan. О‘zbek xalk ustalari qo’llari bilan tikilgan kirpech, sо‘zana,
zardevor, gulkurpa, choyshab kabilar. Germaniya Federativ Respublikasi, Belgiya,
Amerika Qo’shma Shtatlari, Xindiston, Afg’oniston kabi xorijiy, shuningdek,
mamlakatimizning Farg’ona vodiysida faqat xonadonlarda emas, balki
mо‘zeylarda doimiy ekspozitsiyaga aylanib qolgan. Xozirgacha buyumlar о‘ziga
xos gо‘zallik, nafis bezaklarning rang-barangligi bilan kishilarni xayratga solib
kelmoqda. Badiy kashtachilik о‘zoq tarixga ega, buni arxeologik topilmalar va
yozma manbalar isbotlab bermoqda. О‘zbek kashtachiligi iklim, tabiiy sharoit,
muhit bilan bog’liq xolda barcha kasb-xunarlari bilan birgalikda rivoj topgan.
Kashtachilik san’tining eng qadimiysi saqlanmagan. 14-15 asrlarga mansub
miniatyuralar orqali kashtachilikning juda qadimdan rivojlanganligini ko’rish
mumkin. Ispan elchisi Rui Gonzales de Klavixo Amir Temur saroyida О‘zbek
milliy kashta bezaklarini ko’rganini kundaligiga yozib qoldirgan. 1467 yili
Kamoliddin Bexzod «Zafarnoma» ga ishlagan «Temur taxda" miniatyurasida
chodirga ishlangan kashtani ham aks ettirgan. 19 asrning ikkinchi yarmida kashta
tikish mashinasining ixtiro etilishi kashtachilik korxonalarining vujudga kelishiga
asos soldi. Mashinada kashtalarning ko’p ishlab chiqarilishi ularning badiiyligiga
putur yetkazadi. Gul kashtalari unutila boshlandi. Lekin ayrim xillargina saqlanib
qoldi. О‘zbek kashtachiligi qo’shni xalqlar kashtachiligi ta’sirida boyidi va
rivojlandi. О‘zbek kashtachilariga nazar solsak, unda Xind, Xitoy, Rus, Afg’on,
Kozoq, Qirg’iz va Tojik kashtachilarining usul va uslublarini uchratamiz.
О‘zbek kashtachilarida o’simliksimon, geometrik hamda gul naqshlari ko’p
bo’lsa, rus kashtachiligida geometrik, o’simliksimon shakllar, gullar, qush va
mevalar ko’p tasvirlanadi. Qozoq va qirg’iz kashtachiligida esa ko’proq
xayvonlar, shox va tuyoqlarini eslatuvchi elementlar tasvirlanadi.
Qadimiy an’analarga ko’ra, О‘zbek qizlari – bo’lajak kelinchaklar seplari – xar
xil kashtachilik buyumlarini о‘zlari tayyorlashlari lozim edi. Kashtalar kanchalik
nozik, chiroyli bo’lsa, qayliq shunchalik yuqori baxolanar edi. Qizlar 7-9 yoshdan
boshlab kashta tikishga o’rgatilardi. Ular uch, to’rt yildan keyin mustaqil kashta
tika boshlaydilar. Yetishib chiqqan kashtachilar о‘zining san’ati va tabiatiga ko’ra
gо‘zallik xaqidagi orzularini ifodalashga xarakat qilganlar.
Kashtachilikning maxsus turlaridan biri – applikatsiyadir.
Dostları ilə paylaş: |