Uchli dukcha (suyakdan, yog’ochdan yoki plastmassadan) oq tekis chokli
kashta tikishda teshikchalar xosil qilish uchun ishlatiladi. Dukchaning diametri
taxminan 5 mm, uzunligi 6-8 sm bo’lishi lozim.
Kergilar gazlamani tarang tortib turish va deformatsiyalanishdan saqlash
uchun ishlatiladi. Kergilar to’g’ri burchakli yoki doira shaklida bo’ladi. Doira
shaklidagi yog’och kergi juda qulay. Kergilar diametri 20 – 40 sm li ikkita
gardishdan iborat bo’lib, bir-birining ichiga tushib turadi. Agar kichik gardish katta
gardish ichiga qiyin tushadigan bo’lsa, katta gardishning ichki tomonini jilvir bilan
tozalash kerak, u juda kichik bo’lib, katta gardishdan tushib ketadigan bo’lsa,
atrofiga yupqa gazlama o’rab qo’yish mumkin.
Kashta tikiladigan gazlamani keragiga tortishda uni kichik gardish ustiga
qo’yib, iplarini qiyshaytirmaydigan qilib to’g’irlanadi. Katta gardishni uning
ustiga qo’yib, bosib gazlama tarang tortib qo’yiladi. Kergiga tortilayotgan yupka
gazlama yirtilmasligi, shuningdek, kashta tikiladigan gazlama ish paytida kir
bo’lmasligi uchun, uning ustiga o’rtasi kergining diametridan kichikroq doira
qilib uyilgan boshqa gazlama qo’yiladi.
Kergilar stolga maxkamlab qo’yish uchun vintli bo’lishi ham mumkin.
Millimetrli kog’oz naqshlar, ayniqsa geometrik, sanama naqshlar tо‘zishda
kerak bo’ladi.
Kashta gulni gazlamaga kuchirishga tayyorlashda kalka ishlatiladi. Naqsh
avval originaldan kalkaga ko’chiriladi, keyin kalkadan gazlamaga ko’chiriladi.
Kashta gulini gazlamaga ko’chirish uchun kopirka qog’ozi ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: