Innovatsiyalar vazirligi



Yüklə 383,68 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix19.06.2023
ölçüsü383,68 Kb.
#132550
1   2   3   4   5   6   7
1443862173 61611

Applikatsiya - lotincha yopishtirish degan ma’noni bildirib, gazlama qog’oz 
va boshqa tikish yuli bilan bezash demakdir. Applikatsiya kashtadо‘zlikni maxsus 
turi bo’lib, u о‘ziga xos texnologiyaga ega. Asosiy matoga rangdor mato 
parchasini, charm va boshqalarni qadab, atrofi choklanadi. Applikatsiyada 
ko’pincha izma choklardan foydalaniladi. Kashtaning bu turi О‘zbekistonda yaxshi 
rivojlanmagan. Xozirgi vaqtda ko’pincha bolalar paltolariga, kuylaklariga, bosh 
kiyimlariga xar xil qush, meva, gul va xayvonlar tasviri applikatsiya usulida 
choklanadi. Ayrim xollarda ayollarning kiyimlari shu usulda bezatilyapti. 
Arxitekturada va biror buyumlarni bezashda applikatsiya usulida keng 
foydalanib kelinmoqda. 
Kashtachilikda bezak buyumlari turlari 
O’rta Osiyo kashtachilik juda keng tarqalgan bo’lib, oilada xar bir ayol kashta 
tikishni bilishi kerak bo’lgan. Shuning uchun xar bir oila о‘zi uchun kirpech,
sо‘zana, dorpech, oynaxalta, choyxalta va boshqalarni о‘zlari tayyorlagan. Bezak 
buyumlarining turi juda ko’p masalan, sо‘zana, kirpech, choyshab, oynaxalta, 
choyxalta. Zardevor, palak, gulko’rpa, dorpech, bug’joma, parda, belbog’, 
takyapush (yostik ustiga yopiladigan), do’ppi, kuylak, dastro’mol, xamyon, 
joynamoz, sumka, nimcha, maxsi-kavush, xaltasa va boshqalar badiiy did bilan 
matolarga tikilgan. Keyinchalik satin, shoyi baxmalga tikiladigan bo’ldi. 
Kashtachilikda ishlatiladigan bezak buyum turlari bilan


Joynamoz – yerga solib ustida namoz o’qiydigan to’shama. Islom diniga 
e’tiqod qiluvchilar ishlatishadi. U ibodat vaqtida kishini bu dunyodan ajratuvchi 
omil deb tasavvur qilinadi. Joynamoz xar xil matodan tayyorlanib, uning uch 
tomoni mexrob shaklida tikilgan bo’ladi. Undan machit, madrasa va uylarda 
foydalaniladi. U turli o’lchamda bo’ladi. Ibodatni kanda qilmaslik uchun boshqa 
narsalardan foydalanish mumkin. Masalan, chopon, qiyiqcha. Sholcha kabilardan, 
chunki ular diniy nuqtai -nazardan pok xisoblanadi. Joynamoz kashtachilikda juda 
chiroyli qilib bezatilgan bo’ladi. 

Yüklə 383,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin