chok bilan tikish uchun esa, yupkaroq gazlama (markizet, chit va x. k.) bilan 1 – 2
qavat bir xil rangli mo’line ip kerak.
Iplarni sanab tikiladigan kashta uchun polotno usulida tukilgan gazlamalar:
zig’ir va yarim zig’ir tolali (okartirilmagan, oq va rangli), markizet, rogojok,
shtapel
va shoyi polotno, siyrak (pishitilgan zigir tola ipdan siyrak tukilgan)
gazlama olinadi.
Polotno usulida tukilgan gazlamalarining asos (polotnoning buyiga yunalgan)
iplari bir ip oralab chalishadi, shuning uchun asos ipi bir gal arqoq ipining ustidan;
bir gal uning tagidan o’tadi. Polotno usuli eng oddiy tikish usulidir. Iplari shunday
usulda tukilgan gazlamalar pishik, kam chо‘ziladigan va kam kirishadigan o’ngi
va teskarisi bir xil bo’ladi.
Baxyasimon chokli kashta tikish uchun asos va arqoq iplarning yug’onligi bir xil
gazlama kerak. Iplarnineg yug’onligi bir xil bo’lmasa,
ish qiyinlashadi, chunki
asos va arqoq iplarini sug’urib olishda sanaladigan iplar soni xar xil bo’ladi.
Bunday kashtani tikishda
gazlamaning asosiy ip tola, arkogi zigir tola bo’lgan
yarim zig’ir tolali polotno ishlatib bo’lmaydi.
Chizilgan kontur bo’ylab tikiladigan kashtalar uchun zig’ir tolali gazlamalar
xam, shoyi xam, movut, yul-yul yoki katak gazlamalar xam, shuningdek, bo’rtgan
yuli yoki katagi kashtaning guli va strukturasiga о‘zviy mos kelsa, yirik strukturali
gazlama xam to’gri kelaveradi.
Kashta tikish uchun merserlangan (yaltillatish, mayin kilish uchun kuyuk
ishkor eritmasida ishlov berilgan) zig’ir va oddiy ip
va turli rangdagi leningrad
mulinesi ishlatiladi. Leningrad muline ipning buyog’i chidamli, jilvali va pishiqligi
yetarli darajada bo’ladi. Shuningdek, jun, shtapel, ipak, sintetik (kashmilon, lavsan,
kapron) iplar, ola-bula pishik ip, ip va jun garus xam yaraydi.
Tayyorlov ishlari
uchun (asosiy polotnoga gazlama parsachini kuklash), buyum chetlarini buklab
tikish, rangli oddiy 40-, 50-, 60- nomerli galtak ipi, ok tekis chokning tortimlarini
tikish uchun esa 80- nomerli ip ishlatiladi. Iplar pishik, bir tekis buyalgan, yoruglik
va suvga chidamli bulishi kerak. Ipning pishikligi kul bilan tortib tekshiriladi:
yaxshi ip darrov о‘zilmay chо‘zilish lozim. Ip buyogining chidamliligini tekshirish
uchun ipni kuyoshga kuyib kuriladi: bunda ip okarmasligi kerak.
Muline ip kalavasini ochib, tuguncha bir joyidan kirkiladi. Kalavada 14 ta livit,
xar livitda 6 tadan ingichka ip buladi. Kashtadagi iplarning rangini moslab tanlash
uchun ip namunalari uralgan kartonchalar yasab olish tavsiya etiladi. Buning uchun
о‘zunligi 15-20 sm, 4 sm karton tasmachalari kirkib olinadi. Tasmachaning о‘zun
tomoni buylab xar 1 sm oralikda nuktalar kuyib chikiladi. Kaychi bilan karton xar
ikki santimetrida
oldin bir tomonida, keyin ikkinchi tomonida yarim aylana yoki
uchburchak shakli kirkib chikiladi. Kirkilgan joylar bir-biriga rupara bulishi kerak.
Kalavadan bitta livitni adratib olib, kartonning kirkilgan joyiga urab kuyiladi. Bitta
karton tasmachaga bir necha tusdagi ipni och rangidan
tuk rangiga uta boradigan
kilib joylashtiriladi.
Xar xil rangli iplarni sochdek kilib urish yaramaydi. Bunda bir xil rangdagi ip
ikkinchi ip rangi bilan korishib ketadi-da,
boshka tusga kirib, tanlab olishni
kiyinlashtiradi.
Dostları ilə paylaş: