LABARATORIYA ISHI № 6
Shina va kameralarni yamash pechlarini tuzilishi va ishlashini o`rganish.
I.
Laboratoriya ishini bajarishdan maqsad:
1. Shina va kameralarni yamash pechlarining (vulkanizator) tuzilishini
o‘ganish.
2. Shina va kameralarini yamashda vulkanizatorni qo‘llanilishi bilan tanishish
3. Shinalarni ta’mirlash texnologiyasi o‘rganish
II.
Laboratoriya ishini bajarish uchun kerakli asboblar va jihozlar:
1. Ta’mirtalab shina va kamera,
2. Xom rezina va yelim
3. Vulkanizator jihozi (yamash pechi), yopishtirish roligi.
4. Kamerasiz shinalarni ta’mirlash jihozlari
III.
Umumiy ma’lumot: Kamera va shinalarni ta’mirlash. Agar kameralar
shikastlangan yerlarining o’lchamlari yamash jihozlarining imkoniyatini qondirsa,
ya’ni shikastlanish uzunligi 30 mm gacha bo’lsa, ular ta’mirlanadi. Ta’mirlash
joyi charxlar yordamida dag’allashtiriladi va changdan tozalanadi.
Kichik shikastlangan (3 mm gacha) joylar xom rezina yordamida yamaladi.
Yamash vaqtida xom rezina va shikastlangan joyga 1:8 tarkibdagi yelim (bir qism
xom rezina va sakkiz qism toza benzin) bilan ishlov beriladi. Bu shart
butilkauchukdan tayyorlangan kameralarga tegishli, chunki havoda kam
diffuziyalanib singish xususiyatiga ega. Ular oddiy yamash materiallariga
ishlatilganda yamash qiyinlashadi. Yelim to’liq qurigandan so’ng (bug’simon
qatlam hosil bo’lmasligi uchun) shikastlangan joyga, xom rezinadan tayyorlangan
yamoq qo’yiladi va yamash apparatiga 15-20 min o’rnatib qo’yiladi. Yamash
harorati
.
6.1-rasm. Kamera va shina yamash pechi
1,22-asos, 2-isish diodi, 3-yondirish diodi, 4-vaxt relesi, 5-saqlagich, 6-siqish
maxovigi, 7,20-shtanga (uzatgich) 8-bosim indikatori, 9-ulagich, 10-yuqori
qizdirish plitasi, 11-paski qizdirish plitasi, 12,19-qotirgich, 13-tayanch, 14-
kuchlanish vilkasi, 15-ulanish kabeli, 16-yondigich, 18-vint, 21-boshqarish paneli.
Kamerasiz shinalarni diskdan yechmasdan (bortlardagi jipslashtiruvchi
qatlamga shikast yetkazmaslik maqsadida) turib ta’mirlanadi. Agar teshik 3 mm
dan kichik bo’lsa, uni maxsus yelim pasta bilan shprits yordamida to’ldiriladi. 3
dan 10 mm gacha bo’lgan teshiklar tiqinlar yordamida ta’mirlanadi (11.9 b, d-
rasmlar). Ularga yelim surtiladi va maxsus sterjenlar yordamida teshikka yumshoq
rezina kiritiladi. Teshikdan chiqib qolgan qism protektor yuzasidan 2-3 mm
balandlikda kesib tashlanadi. 10-15 minutdan so’ng shinani damlash mumkin.
Kamerasiz shinalarning sifatsiz yamalishiga sabab, ularni ishlab chiqaradigan
zavod tomonidan ichki qatlamiga maxsus upa sepilganligidadir.
Diametri 10 mm dan ortiq teshik va yoriqlari bo’lgan shinalar diskdan
yechib olib ta’mirlanadi. Buning uchun teshik dumaloq egov bilan tozalanadi yoki
bir necha tomchi benzin bilan ho’llanadi. Maxsus moslama yordamida shinaning
ichki qismidan teshikka xom rezinadan tayyorlangan qo’ziqorincha kiritiladi, keyin
esa yamaladi (6.2 a, v-rasm). Xuddi shu usul bilan kamerali shinalar ham
ta’mirlanadi.
Dostları ilə paylaş: |