Gazlamalarning tasnifi, tuzilishi, rapport turlari;
Gazlamalarning navini aniqlash
Polotno, sarja, satin va atlas o’rilishlar.
Gazlamalarning tasnifi, tuzilishi, rapport turlari. To’qimachilik
buyumlariga – gazlama, trikotaj, noto’qima materiallar, (NTM) eshilgan
mahsulotlar, to’qilgan attorlik buyumlar kiradi.
To’qimachilik matolar asosan kiyim-kechak, uy-xo’jalik buyumlariga
ishlatiladi. To’qimachilik buyumlar texnikada va tibbiyotda ham ishlatiladi.
Umuman 35-40 foiz kiyim-kechaklarga, xo’jalik maqsadlar uchun, 20-
25 foiz va boshqa maqsadlar uchun 10 foizga qadar ishlatiladi (madaniy
molar, tibbiyotda va boshqa maqsadlar uchun). Texnikada esa 30-35 %
ishlatiladi.
Gazlamalarning tasnifi.Gazlamalar: tola tarkibi ishlatilishi, ularni ishlab
chiqarish va pardozlash usuli bo’yicha ayrim guruhlarga bo’linadi.
1. Tolalar tarkibi bo’yicha:
a) bir xil iplardan to’qilgan gazlamalar (paxta, jun, ipak, zig’ir).
2. har xil iplardan to’qilgan gazlama (tanda va arqoq har xil iplar).
3. aralashma tolalardan yigirilgan iplardan to’qilgan gazlamalar (paxtaviskoza,
paxta-lavsan, jun-lavsan...)
Ishlatish bo’yicha: 1. Uy xo’jaligida ishlatiladigan gazlamalar.
2. Kiyimkechaklarga ishlatiladigan gazlamalar.
3. Texnikada ishlatiladigan gazlamalar (kord, brezent, uzatma tasmalar).
Ishlab chiqarish bo’yicha: 1. Silliq yuzali gazlamalar (chit, satin, sarja).
2. Tukli gazlamalar (baxmal).
3. Gazlamalarning tarash natijasida hosil bo’lgan tukli gazlamalar
(bayka-bir tomoni tukli matolar, bumazey-ikki tomoni tukli mato).
4. Ola-chipor gazlama (har xil rangli iplardan to’qilgan gazlamashotlanka).
5. Ko’p qavatli gazlamalar (1,5; 2; 3 qavatli gazlamalar).