Mexanik ta’sirida yemirilish. To’qimachilik materiallarning mexanikaviy
yemirilishi asosan ishqalanish deformatsiyasi natijasida sodir bo’ladi.
Buyumlarning yemirilishi 3 bosqichda o’tadi.
1-bosqichda bo’sh joylashgan tola, iplar uziladi. Gazlamaning massasi
kam o’zgaradi.
2-bosqichda gazlama uzoq muddatga ishqalanishga chidaydi, massasi
o’zgarmaydi.
3-bosqichda tuzilishi buziladi, iplar qirqiladi, massasi kamayadi, oxirida
material yemiriladi, teshiladi.
Ma’lum ishqalanish davrlar sonidan keyin to’qimachilik
mahsulotlarining ishqalanishga chidamliligini baholash uchun quyidagi
mezonlar ishlatiladi.
1. Namunalarning mexanik xususiyatlarini kamayishi.
2. Namunalarning massasini kamayishi.
3. Namunalarning havo, suv o’tkazuvchanligini o’sishi.
4. Namuna moddalarining molekula og’irligini o’zgarishi bo’yicha
aniqlanishi.
To’qimachilik materiallarning ishqalanishga chidamliligi har xil uslub va
asboblarda o’rganiladi.
To’qimachilik materiallarning fizikaviy-mexanikaviy ta’sirida yemirilishi. To’qimachilik materiallar-yirug’lik, atrof-muhit, ob-havo, yuvuvchi
suyuqliklar (sovun, poroshok) kimyoviy tozalash, dazmollash, natijasida
ma’lum miqdorida yemiriladi.
Havodagi kislorod bilan to’qimachilik buyum moddalarning
molekulalari oksidlanadi va ultrabinafsha nurlari bilan parchalanadi.
Prof. G.F.Pugachevskiy nazariyasi bo’yicha tsellyulozadan tashkil
topgan to’qimalarning parchalanishi 3 ta reaktsiya ta’sirida sodir bo’ladi.
1. Fotoliz (ultrabinafsha nuri ta’sirida).
2. Fotooksidlanish (kislorod ta’sirida).
3. Fotogidroliz (yorug’lik, namlik ta’sirida).
Ob-havo ta’siriga chidamli jun, nitron materiallari. Kam chidaydigan
paxta, kapron, lavsan materiallari. Ipak o’rta chidamlilikka ega.
To’qimachilik materiallarning ob-havo ta’siriga chidamliligi ularning
rangi va tuzilishiga bog’liq.
Qizil, sariq rangga bo’yalgan materiallar tez parchalanadi. Chunki bu
ranglar ultrabinafsha nurlarni yaxshi yutadi.
Zich qalin to’qilgan materiallar nurlar ta’sirida kam parchalanadi.
Materiallarning ob-havo ta’siriga chidamliligini 2 usul bilan o’rganiladi.
1. Tabiiy usul-namuna 30-50 kun atrof-muhit ta’sirida bo’ladi. Keyin
namumaning mexanik xususiyatlari o’rganiladi.
2. Maxsus PDS asbobida o’rganish (pribor dnevnogo sveta).
Bu asbobda 4 lyumenetsentli mavjud. Lampa ustiga 25x220 mm
o’lchamda tayyorlangan namuna qo’yiladi. Namuna avval 0,5 foiz vodorod
peroksidi eritmasida ivitiladi. Namunaning 4 soat lampa nurining ta’sirida
bo’lishi 75 kunlik quyosh nurining ta’siriga teng bo’ladi.
1. Forsunka
2. Namuna
3. L.Lampa