Gazlamalarning tasnifi, tuzilishi, rapport turlari; Gazlamalarning navini aniqlash Polotno, sarja, satin va atlas o’rilishlar


To’qimachilik materiallarning g’ijimlanishi



Yüklə 42 Kb.
səhifə9/14
tarix01.05.2023
ölçüsü42 Kb.
#105689
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
malaka gulasar

To’qimachilik materiallarning g’ijimlanishi. To’qimachilik materiallarning
g’ijimlangandan keyin boshlang’ich holatiga qaytmasligi ularning
g’ijimlanuvchanligi deyiladi. G’ijimlanish tola turiga, to’qima tuzilishiga,
qalinligiga bog’liq.
Qayishqoq, elastic deformatsiyasi katta bo’lgan iplardan to’qilgan
gazlamalarning g’ijimlanishi kam bo’ladi.
Zich va qalin to’qilgan gazlamalar kam g’ijimlanadi. Trikotaj
mahsulotlari xalqalar bilan to’qilganligi uchun kam g’ijimlanadi.
To’qimachilik mahsulotlari xo’l holatida ko’p g’ijimlanadi.
To’qimachilik materiallarning g’ijimlanishini o’rganish uchun 2 usul
ishlatiladi.
1. Ma’lum bir yo’nalish bo’yicha materiallarni g’ijimlash.
2. Ixtiyoriy g’ijimlash.
1-usulda materialdan 15x40 mm arqoq va tanda bo’yicha (5 tadan)
namuna tayyorlanadi. Namunani 1800 ga bukib, yuk ta’sirida 15-20 min
turadi. Keyin yukni olib tashlab, namunani tiklanish ochilish burchagi orqali
quyidagi formula bilan gazlamaning g’ijimlanmaslik koeffitsientini aniqlanadi.
2-namuna
Materiallar g’ijimlanishi bo’yicha 3 guruhga bo’linadi.
Agar
K=75-95 foiz bo’lsa, kam g’ijimlanuvchi bo’ladi.
K=55-75 foiz bo’lsa, o’rtacha g’ijimlanuvchi bo’ladi.
K=55 foizdan kam bo’lsa, g’ijimlanadigan material deb hisoblanadi.
2-usulda-ixtiyoriy g’ijimlash STP-4 asbobida o’rganiladi.
To’qimachilik materiallaridan tsilindr shaklda namuna tayyorlanadi.
Tsilindrning balandligi 80 mm, diametric 30, 40, 50, 60 mm bo’ladi. Tsilindr
shalkidagi namunaning bir uchi asbobga mahkamlanadi, tsilindrning tepasidan
asbobning plastinkasi g’ijimlaydi. G’ijimlash bir davrli va ko’p davrli bo’lishi
mumkin. Bir davrli g’ijimlashda namuna 1 min. yuk ta’sirida bo’ladi, 1 min
dam oladi. Ko’p davrli g’ijimlashda 20 min yuk ta’sirida va 60 min dam oladi.
Namuna dam olgandan keyin uning tiklanish balandligi bo’yicha
quyidagi formula bilan g’ijimlanish koeffitsenti aniqlanadi.
G’ijimlanmaslik koeffitsienti quyidagi
Formula bilan aniqlanadi.
( )1( ) (1 Τ Τ Κ = − a a K %
1-qisqich xalqa
2-namuna
3-shkala
4-g’ijimlanmaydigan disk

Yüklə 42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin