Yuvish jarayonida materiallarining yemirilishi (aralashma usuli). Tayyor mahsulotlar yuvish va kimyoviy tozalash jarayonida har xil
eritmalar, suv va dazmol haroratining ta’sirida bo’ladi. Bu jarayon ko’p
takrorlanadi. Natijada materiallarning xususiyati o’zgaradi.
Gazlamalarning yuvishdan keyin mustahkamligi kamayishi quyidagi
diagrammada berilgan.
1-tanda bo’yicha
2-arqoq bo’yicha
Gazlamalarning yuvishga chidamliligi 2 usul bilan o’rganiladi.
1. “Vyatka” kir yuvishg mashinasida (uy xo’jalik sharoitida).
2. TSNIILV uskunasida.
TSNIILV uskunasida namuna kimyoviy eritmalarda (sovun, poroshok)
yuviladi, valiklarda siqiladi, charxtosh bilan ishlanadi. Bu jarayon bir qancha
marta takrorlangandan keyin namunaning mustahkamligi o’rganiladi.
1. Namuna eni B=20 sm, uzunligi L=190-195 sm.
2. Charxtosh.
3. Metall stolchasi.
4. Yuvadigan vanna.
5,6. Siquvchi valiklar.
To’qimachilik materiallarning biologic yemirilishi.Gazlamalarning
biologic yemirilishi har xil mikroorganizmlar, zambrug’ va bakteriallar
ta’sirida bo’ladi. Biologik yemirilishda gazlamalarning mustahkamligi
kamayadi va rangi ham xiralashadi.
Tsellyulozadan tashkil topgan gazlamalar yemirilmaydi. Jun va ipak kam
yemiriladi. Sintetik gazlamalar yemirilmaydi.
Jun gazlamalari kuyadan yemiriladi. Kuya jun tarkibidagi keratin
moddalarini yeydi.
To’qimachilik materiallarni aralashma omillar bilan yemirilishini ikki
usul bilan o’rganiladi.
1. Laboratoriya usuli.
2. Amaliy sinash usuli bilan.
Ikkinchi usul aniq, lekin ko’p vaqt talab qiladi. Bu usulda bir qancha
kiyim tikiladi, kiyimlar bog’cha, internat bolalariga forma tariqasida beriladi.
Kiyimlarni ishlatish jarayonida hamma omillarni (yuvish, dazmollash,
tozalash) yozib boradi. Ma’lum vaqtdan keyin (1-2 yil) kiyimlarning sifati
aniqlanadi.
Laboratoriya usulida hamma omillar qisqa vaqt ichida takrorlanib,
materiallarning sifati aniqlanadi.