To’qimachilik materiallaining egiluvchanligi. Kiyim-kechak va uy
xo’jaligida ishlatiladigan materiallar yumshoq, shuning uchun ular
egiluvchanlik xususiyatiga ega.
Egilish deformatsiyasi uchta davrga bo’lib o’rganiladi: yarim davrli, bir
davrli va ko’p davrli egilish deformatsiyasidan olinadigan ko’rsatkichlar.
a) bikrligi g’ijimlanishi chidamliligi
b) bejamdorligi v) buralishi
Bikrlik-tashqi kuch ta]sirida materiallar o’z shaklini o’zgartirishga
ko’rsatgan qarshilik bilan aniqlanadi.
Materiallar qarshiligi fanida qattiq jismlarning bikrligi quyidagi formula
bilan aniqlanadi. B=EJ (sh.sm2)
Bu erda: E-materiallarning ko’ndalang qayishqoq moduli cH/sm2;
J-markaziy o’qqa nisbatan inertsiya momenti-(sm4).
Egilish yarim davrli bir davrli ko’p davrli
Lekin to’qimachilik materiallar bu qonunga to’g’ri kelmaydi, ular
yumshoq. To’qimachilik materiallar uchun shartli bikrlik tajriba yo’li bilan
quyidagi formuladan aniqlanadi.
AB q L sh⋅ 3= (10 mk Hsm2)
bu erda; q-L pog. sm namunaning massasi mg/sm
o Lq = m m-L0-uzunlikdagi (16 sm) namunaning massasi-mg.
L-namunaning egilgan qismining uzunligi, sm.
L=0,5(L0-x)
Bu erda; X-qisqichning eni (x=2 sm)
A-koeffitsient, nisbiy egilish f0 ning funktsiyasi;
f0-quyidagi formuladan aniqlanadi.
Lf = f 0
f-namunaning mutloq egilishi PT-2 asbobida olinadi.
21 2 f f f+= f0 ning miqdori bo’yicha maxsus jadvaldan A-koeffitsienti olinadi.
PT-2 sxemasi. 1-namuna 2-tokcha 3-shkala
Materiallarning bikrligi iplarning turiga, yo’g’onligiga, zichligiga va
material qalinligiga bog’liq.
To’qimachilik materiallarining bejamdorligi.To’qimachilik materiallarining
osilib, erkin holatda yumshoq, qat-qat burmalarni hosil qilishi ularning
bejamdorligi deyiladi. Bejamdorlik V.D.Yedvokimova va A.Q.Buxarova usuli
bilan aniqlanadi. Gazlamadan ikki yo’nalish bo’yicha 200x400 mm namuna
tayyorlanadi.
Namunaning yo’nalish bo’yicha bir uchiga 2,5 65, 65, 65, 2,5 mm
masofada nuqtalar qo’yiladi.
O’sha nuqtalar bo’yicha namuna asbob ignasiga qadaladi va probka
bilan zich qisiladi. Qisilgan namunaning tagidan uning eni o’lchanadi.
Quyidagi formula bilan gazlamaning bejamdorligi aniqlanadi
Bu usulning kamchiligi gazlamaning bejamdorligi bir yo’nalish bo’yicha
aniqlanadi xalos. Bu kamchilik ikkinchi usulda, ya’ni disk usulida bartaraf
qilinadi.
Disk usulida gazlamadan diametric d=200 mm bo’lgan namuna tayyorlanadi a diska ustiga qo’yiladi. Diska ustidan yorug’lik berib qog’ozga
proektsiyasi tushiriladi.
Shu proektsiya orqali bejamdorligiga baho beriladi.
Namunaning bejamdorligi, bejamdorlik koeffitsienti bilan aniqlanadi.
Koeffitsient katta bo’lsa, bejamdorlik yuqori bo’ladi.
I-bejamdorlik yaxshi
II-bejamdorligi tanda va arqoq bo’yicha yomon
III-bejamdorligi arqoq bo’yicha yaxshi, tanda bo’yicha yomon.