SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
317
O’ZBEK MUMTOZ MUSIQASINING UMUMNAZARIY ASOSLARI
Abdulxay Karimov
O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist, Farg’ona
davlat universiteti
Vokal va cholg’u ijrochiligi kafedrasi o’qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.7197976
Annotatsiya. Mazkur maqolada o’zbek mumtoz musiqasi namunalari va ularga doir
umumnazariy tafsilotlar atroflicha mulohaza qilingan. Shuningdek, yoshlar tarbiyasida o’zbek
mumtoz musiqasining o’rni, axamiyaati muxokama qilingan.
Kalit so’zlar: mumtoz musiqa, ijod, namuna, tarbiya, uslub, usul, namuna, ta’lim, ochiq
ovoz, diapason.
ОБЩИЕ ОСНОВЫ УЗБЕКСКОЙ КЛАССИЧЕСКОЙ МУЗЫКИ
Аннотация. В этой статье подробно рассматриваются примеры узбекской
классической музыки и общие теоретические сведения о них. Также обсуждались роль и
значение узбекской классической музыки в воспитании молодежи.
Ключевые слова: классическая музыка, творчество, пример, воспитание, стиль,
метод, модель, воспитание, открытый голос, диапазон.
GENERAL FUNDAMENTALS OF UZBEK CLASSICAL MUSIC
Abstract. In this article, examples of Uzbek classical music and general theoretical
details about them are discussed in detail. Also, the role and importance of Uzbek classical
music in youth education was discussed.
Keywords: classical music, creativity, example, education, style, method, model,
education, open voice, diapason.
KIRISH
Yangi O’zbekistonda amalga oshirilayotgan islohatlar, xalqimizning boy ilmiy-madaniy
merosi, mamlakatimizda ilm-fan, san’at va madaniyat sohalarida erishilayotgan yutuqlar, aholini,
ayniqsa, yoshlarda yot g’oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirishda,
milliy
qadriyatlar va an’analarni asrab avaylash va keng tag’rib etishda musiqa ta’limi va san’atining
o’rni beqiyosdir.
Shu nuqtai nazardan mintaqamiz hududida bir nechta yirik mahalliy uslublar shakllandi.
Adabiyotnunoslik soxalarida, xususan mavjud musiqiy adabiyotlarda uslub so’zi har-xil
ma’nolarda turlanib qo’llanishi ma’lum. Bulardan bir
xollarda uning keng umumlashma,
boshqalarda esa xiyla tor, yoki ko’chma ma’no va mazmunlari kayd kilinadi. Ta’kidlash lozimki,
uslub atamasi mazmun-moxiyatan turlicha idrok etilsa-da ayni paytda ular yaыin mushtarak
tushunchalarni anglatishi mumkin. Demak, avvalo bu masalaga oydinlik kiritish zarur. Uslub
so’zi yordamida avvalo birmuncha keng, aniqrogi-yig’ma ma’noda janr xallari musika san’atiga
xos umummimiy yoki muayyan mintaqaviy xususitlar tabiati ifodalanadi. Bunga «sharqona
musiqiy uslub», «ovrupocha musiqa uslubi» kabi iboralar misol bo’la oladi.
Boshqa barcha
badiiy ijodiyot ko’rinishlari misoli, musiqada lad o’ziga xoslikka aynan uslub atamasi yordamida
va ungaa tavsif beriladi.
Musiqiy asarlarning ichki tuzilish qonuniyatlari bu masalada yanada muhimroq axamiyat
kasb etadi. Ya’ni, asosiy vositalarning o’zaro munosabatlarini belgilovchi mezonlardan u yoki bu
uslub aniklanadi. Xususan. «bir ovozli» yoqut «monodik»,“kup ovozlik” jumladan «garmoiik»,
«polifonik», «gomofonik» nomli uslublar shular toifasiga kiradi. Yirik ijodiy yo’ialish va