Mayda gulli o’rilishlar. Oddiy o’rilishda tanda yoki arqoq iplari bo’yicha
qoplanishlar kuchaytirilsa (cho’ziq bo’lsa) mayday gulli o’rilish xosil bo’ladi.
Mayda gulli o’rilishgareps, ragojka to’qimalari kiradi.
Tandali reps arqoqli reps rogojka
Ra Ra Ra Rt Rt Rt
Mayda gulli o’rilishda gazlama o’ngida mayday naqshlar sezilib turadi.
Murakkab o’rilishda ikkita tanda bitta arqoq yoki ikkita tanda va ikkita
arqoq iplar ishlatilib ikki qavatli, ikki yuzlama va tukli gazlamalarni olinadi
(drap, baxmal, sun’iy mo’yna...)
Yirik gulli o’rilish bilan gazlama ustida yirik naqshlar, gullar, portretlar
hosil qilinadi. Yirik gulli to’qimalar maxsus jakkarda dastgohlarida ishlab
chiqariladi
Gazlamalarni tahlil qilganda quyidagi ko’rsatkichlar aniqlanadi:
1. Chiziqli o’lchamlari
2. Og’irligi bo’yicha ko’rsatkichlari
3. Tuzilishi bo’yicha ko’rsatkichlari
Gazlamalarning ko’rsatkichlarini aniqlash uchun ishlab chiqarilgan to’da
gazlamalardan 0,5-5,0 foizga qadar o’ram namuna olinadi.
Lekin namunadagi o’ramlar soni 3-5 dan kam bo’lmasligi kerak. Har bir
o’ram gazlamalardan bittadan kesim namuna olinadi.
Olingan 3-5 kesim namuna natijasi bo’yicha hamma gazlamaga baho
beriladi.
Gazlamaning eniga nisbatan standartda uchta bichish sxemasi berilgan.
1-sxema-agar gazlamaning eni B=400-600 mm bo’lsa,namunaning
kesim uzunligi L=600 mm. bo’ladi.
2-sxema-agar B=600-700 mm bo’lsa, L=420 mm.
3-sxema-agar B>700 mm bo’lsa, L=270 mm bo’ladi.
Namunani bichish sxemasi laboratoriya darsida berilgan.
Gazlamaning chiziqli o’lchamlari.Gazlamaning chiziqli o’lchamlariga:
uzunligi, eni, qalinligi kiradi.
To’qimachilik sanoati ma’lum uzunlikdagi to’p gazlamalar va yakka
buyumlar ishlab chiqaradi. Bir to’p gazlamaning uzunligi gazlama xiliga va
undan qanday buyumlar tikilishiga bog’liq.
Masalan: Paxta gazlamasining uzunligi – 70-100 m,
Jun gazlamasi 25-30 mm (paltobop)
40-60 m (ko’ylakbop)
Ipak gazlamasi 60-80 m bo’ladi.
Gazlamalarning eni ishlatilishiga qarab har xil bo’ladi.
Paxta gazlamasining eni -90; 100; 140; 152 sm.
Zig’ir gazlamasi 85-140 sm
Jun--------------120; 130; 142 sm.
Ipak-------------90; 95; 130 sm.
Gazlamalarning qalinligi - t=0,1 ÷5 mm bo’ladi.
Ko’ylakbop---------------t=0,1-0,2 mm
Kostyumbop--------------t=0,7-0,9 mm
Paltobop------------------t=1,5-3,5 mm
Texnika gazlamalarning qalinligi - t=5,0 mm gacha bo’ladi.
Gazlamalarning qalinligi tolshinomer asbobida o’lchanadi.