Mavzu:Qidiruv tizimlari va ulardan foydalanish asoslari. Elektron pochta (E-mail) orqali axborotlarni yuborish va qabul qilish.
Reja:
Reja:
1.Qidiruv tizimlari va ulardan foydalanish asoslari
2. Elektron pochta (E-mail) orqali axborotlarni yuborish va qabul qilish.
3. Elektron pochta (E-mail) orqali ro‘yxatdah o‘tish
QIDIRUV TIZIMLARI VA ULARDAN FOYDALANISH ASOSLARI
Qidiruv tizimi (inglizcha: search engine) — kompyuterda, kompyuter tarmogʻida yoki butunjahon web tarmogʻida World Wide Web saqlanayotgan maʼlumotlarni qidirishga moʻljallangan dasturdir. Internet qidiruv tizimi Information Retrieval systemdan kelib chiqqan. Bu sistema maʼlumotlar bazasi uchun kalit-soʻzlar indeksini yaratib, natijada ushbu kalit-soʻz qatnashgan qidiruv soʻrovnomasiga javob sifatida natijalar roʻyxatini koʻrsatish imkoni paydo boʻladi. Qidiriv tizimining afzalliklaridan biri bu kerakli maʼlumot yoki axborotni qisqa vaqt ichida komputer xotirasidan topib uni foydalanuvchiga yetkazishdir. Qidiruv tizimining asosiy vazifalari hamda tarkibiy qismlari quyidagilardir:
Indeks yaratish va yangilab turish (hujjatlardagi maʼlumotlar strukturasi)
Qidiruv soʻrovnomalarini bajarish
Qidiruv natijasini imkon qadar mazmunli, yaʼni tushunarli shaklda koʻrsatish
Odatda maʼlumotlar qidirish avtomatik ravishda amalga oshiriladi, masalan WWWda Webcrawler, alohida kompyuterda esa foydalanuvchi belgilagan Indexlar roʻyxatidan barcha maʼlumotlarni oʻqish.